Amaliy mashg’ulоt №1 Somatometrik ko`rsatkichlarni aniqlash. Tana konstitutsiyasini aniqlash Mashg`ulotning maqsadi


Dars va dars jadvallariga qo‘yilgan gigiyenik



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə31/37
tarix09.05.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#56832
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
yosh fiz fizika matem AMALIY QISMI

Dars va dars jadvallariga qo‘yilgan gigiyenik

talablar

Ta’limning asosiy shakli dars bo'lib, u turlicha olib borilishi mumkin. Aqliy mehnat qobiliyatini optimal darajada saqlash uchun darsning tuzilishi va o'quv kunining tashkil qilinishi muhim ahamiyatga ega. Uning davomiyligi, qiyinligi, zerikarliligi o'quvchilardan har xil faoliyat talab qiladigan mashg'ulot turlarini to'g'ri almashlab tuzishni ko'zda tutadi. Dars o'tishning ko'p yillar davomida shakllangan an’anaviy 4 komponentli shakli (savol-javob, yangi materialni tushuntirish, uni mustahkamlash, uyga vazifa berish) hozirgi rivojlangan zamonaviy o'qitish jarayoni sharoitida qisman ko‘rib chiqilmoqda. Zamonaviy darsning shakli nihoyatda mukammal tuzilgan bo'lib, dars oldida turgan vazifalarning konkret talablariga aniq javob berishi kerak.

O'quv mashg'ulotlari maktab o'quvchilarining organizmiga (o'qishning boshlang'ich davrlarida) ancha talablar qo‘yadi. Shu munosabat bilan o'quv muddati bolalarning yoshi, imkoniyatlariga mos keladigan boiishi zarur. Kichik yoshda ish qobiliyati darslar boshlangan vaqtdan hisoblaganda 1,5 soatlardan keyin, o'rta va katta maktab yoshida esa 2-3 soatdan so'ng pasaya boshlaydi, ayniqsa, 6-darsra kelib keskin pasayib ketadi.

Shu munosabat bilan darslarning qancha davom etishi o'quv jarayonini gigiyenik jihatdan tashkil etishning muhim omili hisoblanadi. Jahonning turli mamlakatlarida, shu jumladan, bizning m ami aka t imizd o'qitish yuzasidan to'plangan ko'p yillik tajriba 45 daqiqali darsni eng qulay muddat deb e’tirof etadi. Biroq, dars to'g'ri tashkil etilgan taqdirdagina bu muddat samarali natija berishi mumkin. Fiziolog va gigiyenistlar fikricha birinchi sinf o'quvchilari uchun dars 35-daqiqadan oshmasligi kerak. Endigina maktabga qadam qo'ygan bolalarda maktabgacha davrda paydo bo’lgan va odat tusiga kirgan stereotip buziladi va bola o'ziga notanish bo'lgan maktab sharoitiga moslasha boshlaydi. Shu yoshdagi bolalarning nerv protsesslari xaddan ziyod tez o'zgaruvchan bo'lib, qo'zg'alish tormozlanishga nisbatan ustun turadi. Bu esa ko'pincha o'quv mashg'ulotlari ta’sirida tezda charchab qolishga olib keladi. Boshlang'ich sinf o'quvchisining diqqati uzoq vaqtga bardosh bera olmaydi, dars oxirigacha bola partada tinch o'tira olmaydi, charchash boshlanishi bilan harakatlanib diqqati bo'linadi. O’tirgan holatda dars tinglash o'quvchi uchun katta statik ish hisoblanib, 45 daqiqa davomida tanani ma’lum holatda ushlab turish ayniqsa birinchi sinf o'quvchisiga juda og'irlik qiladi, u tezda charchab bezovtalanib, harakat qila boshlaydi. Tajribali o'qituvchilar yuqoridagi dalilni hisobga olib bolaning diqqatini o'z vaqtida boshqa mashg'ulotlarni bajarishga, o'qishga, rasm solishga jalb qilishadi yoki fizkultura daqiqalari o'tkazadilar. Ruhshunoslarning ma’lumotlariga qaraganda, 6-10 yashar bola 20 daqiqa atrofida, 10-12 yashar bola esa 25 daqiqa atrofida diqqatini bir joyga to'plab o'tirishi mumkin. Mana shu tadqiqotlar darslarni ish turlari almashinib turadigan qilib alohida tuzish zarurligini tasdiqlaydi. Masalan, o'qish darsida ifodali o'qishni savol-javob bilan, didaktik material ko'rish, qayta so'zlab berish bilan almashtirish, bundan tashqari maktab o'quvchilarida, ayniqsa boshlang'ich sinf o'quvchilarida birinchi signal sistemasi yaxshi rivojlanganligi uchun darsda ko'rgazma qurollaridan, didaktik o'quv vositalaridan keng foydalanish mumkin. Bu o'quvchilarning ish qobiliyatini ancha oshiradi, chunki birinchidan, bosh miya po'stlog'ining hali charchamagan joylarini, yangi analizatorlarni ishga jalb etadi, ta’sirotlar xususiyatini o'zgartiradi, ikkinchidan esa bir turdagi faoliyatdan boshqa bir turdagi faoliyatga o'tilganida ishda bir oz to'xtalish, go'yo kichik bir tanaffuslar bo'ladi. Ba’zi darslarda bu kichik tanaffuslar birmuncha uzoqroq bo'lishi va jismoniy xordik lahzalari ko'rinishida o'tkazilishi kerak. Mana shunday tanaffuslardan keyin bolalarning mashg'ulotlarga yana bajonu dil kirishib ketishlari ko'pdan-ko'p kuzatuvlardan ma’lum.

Maktab ta ’limini gigiyenik jihatdan tashkil etishda darslarning soni katta ahamiyatga ega. Amaldagi o'quv rejasiga muvofiq 1,3-sinflarda kuniga 4 tadan, 4-sinfda 4-5 tadan, 5, 9-sinflarda kuniga 5-6 tadan, 10, 11 sinflarda 6 tadan litseylarda 6-7 tadan dars o'tish ko'zda tutiladi.

Ta’limni to'g'ri tashkil etish uchun kun va hafta davomida darslarni taqsimlash, boshqacha aytganda, dars jadvalini to'g'ri tuzish juda muhim ahamiyatga ega. O'quvchining ish qobiliyati, o'zlashtirishining yaxshi bo'lishi ko'p jihatdan dars jadvalining gigiyenik talablarga muvofiq tuzilishiga bog'liq. O'zlashtirishning oson va qiyinligiga qarab hamma fanlar shartli ravishda juda qiyin, o'rtacha, qiyin va oson fanlarga bo'linadi. Birinchi juda qiyin fanlarga chet tili, matematika, ikkinchi darajali qiyin fanlarga fizika, kimyo, o'rtacha fanlarga - tarix, tabiatshunoslik, ona tili, adabiyot, geografiya, o'zlashtirilishi oson fanlarga jismoniy tarbiya, mehnat, ashula, rasm kabilar kiradi. O'qish kunining birinchi soatida, ertalabki vaqtda yangigina o'qishga o'rgangan o'quvchining miya hujayralarining ish qobiliyati deyarli pastroq bo'ladi. Shuning uchun bu soatga o'zlashtirilishi o'rtacha qiyinlikdagi fanlar qo'yilishi kerak, 2,3-soatlarda, ayniqsa, 2- soatda organizmning ish qobiliyati eng yuqori darajada bo'ladi, shuning uchun bu soatlarga o'zlashtirilishi qiyin fanlar qo'yilishi tavsiya etiladi, 4-soatda esa o'quvchilarda charchash belgilari paydo bo'la boshlaydi.

Shuning uchun dars jadvalining 4-soatiga aqliy mehnat, chuqur fikrlash talab qilmaydigan fanlar (jismoniy tarbiya, mehnat, rasm, ashula) qo'yilishi ish qobiliyatining yanada oshishiga imkon beradi va nihoyat 5, 6-soatlarga o'rtacha qiyinlikdagi (tarix, tabiatshunoslik, geografiya, ona tili va adabiyot) fanlari qo'yilsa, ularni o'zlashtirish yaxshi bo'ladi. Shuni qayd qilish kerakki, ko'p yozish yoki chuqur fikrlash bilan bog'liq bo'lgan fanlarni dars jadvaliga ketma-ket qo'yish mumkin emas. Chunki bir xil mashg'ulotlarni ketma-ket bajarish o'quvchilami tez charchatadi. Shuning uchun chuqur fikrlash bilan bog'liq fanlar (matematika, fizika, kimyo) harakatlanish bilan bog'liq fanlarga (jismoniy tarbiya, mehnat) almashtirilib, ko'proq yozish bilan bog'liq fanlar (chet tili, rus tili, ona tili, rasm) esa eshitish va ko'rish bilan bog'liq fanlar (tarix, adabiyot, geografiya, jamiyatshunoslik) ga almashtirilib turilsa, o'quvchilarda charchash holatining oldi olinadi, ularning o'zlashtirish qobiliyati yaxshi bo'ladi.

Mehnat va jismoniy tarbiya darslariga ish qobiliyati pasayadigan paytlarni ajratgan ma’qul. Boshlangich sinflarda mehnat darsini uchinchi darsda, 5, 7-sinf o'quvchilarining ustaxonalardagi amaliy mashg'ulotlarini esa ertalabki o'qishda 3, 4-darslarda, peshingilarda esa 1, 2-darslarda o'tkazish kerak.




Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin