Smena masteri yil davomida reja topshiriqlarini uzluksiz bajarilishini ta’minlash uchun ishchilarning mehnat ta’tili grafigini tuzadi (har biri bilan kelishilgan holda) va kasaba qo’mitasiga tasdiqlas
Smena masteri yil davomida reja topshiriqlarini uzluksiz bajarilishini ta’minlash uchun ishchilarning mehnat ta’tili grafigini tuzadi (har biri bilan kelishilgan holda) va kasaba qo’mitasiga tasdiqlash uchun topshiradi.

Smena masteri kasalligi tufayli ishga chiqmagan xodimlariga o’sha kunning o’zidayoq kasallik varaqasi ochilganligini nazorat qiladi (progulni oldini olish uchun). Muolajadan so’ng ishga chiqqanda betoblik kunlarini tekshirib kasallik varaqasini sex boshlig’iga topshiradi (to’lov o’z vaqtida amalga oshirilishi uchun).
Smena masteri o’ziga biriktirilgan texnologik mashinalarni texnik holatiga javobgar hisoblanadi. Shuning uchun, belgilangan muddatda ularni mukammal tekshirib, barcha detallari, ishchi organlari, butlovchi qismlari, himoya vositalari va elektr qismlarining holati haqidagi ma’lumotlarni texnik ko’rik kitobiga kiritadi, hamda texnik ko’rikdan o’tkazilganlik qaydnomasini rasmiylashtiradi. Texnik ko’rikda aniqlangan ma’lumotlar ta’mirlash ishlarini sifatli bajarish uchun ishlatiladi. Smena masteri oilaviy sharoiti yoki ishlab chiqarish taqozosiga ko’ra qo’l ostidagi ishchilarni o’z hisobidan ta’tilga chiqaradi (sex boshlig’I bilan kelishilgan holda) . Tabelda progul kunlari yozilmasligi uchun ishchining arizasini rasmiylashtiradi.
Sababsiz ishga chiqmayotgan ishchilarni ishdan bo’shatish O’zbekiston qonunlari asosida rasmiylashtirilishi shart. Smena masteri sababsiz ishga chiqmayotgan ishchilarni turar joyiga borib topishi, undan tusuhntirish xati olishi , topa olmasa qo’ni-qo’shnilardan surishtirishi kerak bo’ladi (aniq ma’lumotga ega bo’lishi uchun). Progul qilayotgan ishchining tushuntirish xati yoki smena masterining bildirgisiga ko’ra sex boshlig’i kasaba qo’mitasiga xodimni ishdan bo’shatish masalasini ko’rib chiqish uchun murojaat qiladi. Kasaba qo’mitasining qaroriga asosan korxona rahbari ishchini progulga bo’shatish to’g’risida buyruq chiqaradi.

Voyaga yetmagan ishchilarni ishdan bo’shatishda ham O’zbekiston qonunlari talablari bajarilishi shart. Agar smenada voyaga yetmagan ishchi sababsiz ishga
chiqmayotgan bo’lsa uni bo’shatish uchun tuman ichki ishlar bo’limidagi “Voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyasi” ga murojaat qilinadi. Ushbu komissiyaning ruxsati bilangina ishdan bo’shatish buyrug’i chiqariladi.
Smena masteri qo’l ostidagi ishchilarning korxonaning xizmat transportidan foydalanishiga bo’lgan ehtiyojini aniqlaydi va uni ushbu mazmundagi arizasini o’rnatilagn tartibda rasmiylashtirilishini nazorat qiladi.