Smena masteri o’ziga biriktirilgan texnologik mashinalarni ta’mirlashdan oldin va keyin tegishli tekshirishdan o’tkazib nosozliklar qaydnomasini rasmiylashtiradi. Ta’mirlashdan oldin nosozliklar qaydnomasi ta’mirlash ishlarini to’laqonli va sifatli bajarish uchun kerakli ehtiyot qismlarini tayyorlash va ta’mirlash vaqtini tejashga xizmat qiladi. Ta’mirlashdan keyingisi esa mashina ishlashini baholash, uni ta’mirlashdan qabul qilib olish uchun asos vazifalarni o’taydi.

Smenadagi yordamchi ishchilar (transpotirovshiklar, farroshlar, qadoqlovchilar) bir oy davomida turli sabablarga ko’ra turli komplektlarda har xil vazifalarni bajarishiga to’g’ri keladi. Shuning uchun, smena masteri har kuni ( yoki oy oxirida) ularni ish vazifalariga biriktirilganligini (zakriplenie) to’g’risida hujjat rasmiylashtirib, ish haqi bo’limiga topshiradi. Agar ushbu hujjat rasmiylashtirilmasa ishchiga yordamchi vazifalarni bajargan kunlariga haq to’lanmasdan qoladi.
Smena masteri har bir ishchining texnologik intizomga (noto’g’ri ulash, ish usullarini noto’g’ri bajarish va h. k.)larga rioya qilishini nazorat qilib boradi.
Smena masteri har bir ishchining texnologik intizomga (noto’g’ri ulash, ish usullarini noto’g’ri bajarish va h. k.)larga rioya qilishini nazorat qilib boradi.
Texnologik intizomni buzgan ishchilarga dalolatnom tuzadi. Ushbu dalolatnoma asosida uning ish haqi qisqartiriladi.
Smena masteri jamoada intizomi, xizmat lavozimiga bo’lgan munosabati va reja topshiriqlarini bajarish bo’yicha boshqalarga o’rnak bo’layotgan ishchilarni rag’batlantirish uchun o’rnatilgan tartib asosida tavsiyanoma rasmiylashtiradi. Ushbu tavsiyanoma smena jamoasi yig’ilishida muhokama qilinib, kasaba qo’mitasiga topshiriladi.