Topshiriq: P=3 kVt, U=380 V bo’lgan dvigatel uchun saqlagich tanlansin.
Nazorat uchun savollari 1. Eruvchan saqlagichlarni tushuntiring? 2.Eruvchan quyma nimadan tayyorlanadi? 3.Saqlagichlarning turlarini tuzilishi qanday?
Mashq ─ 2.ELEKTR SXEMALARIDA HIMOYALASH VA BLOKIROVKALASHNI O‘RGANISH Mashg’ulot maqsadi: elektrodvigatelni avtomatik himoya qilish, ya’ni qisqa tutashuv tokidan, ortiqcha yuklamadan saqlashni o‘rganish va ularning ishlashini sinash.
Ishni tushuntirish:Elektrodvigatelni avtomatik himoya qilishda asosan saqlagich, issiqlik relesi, avtomatik o‘chirgichlardan foydalaniladi. Saqlagichlar-elektr qurilmalarini qisqa tutashuv tokidan himoyalash uchun va o‘ta ortiqcha yuklanishni oldini olish uchun ishlatiladi. Saqlagichni ish elementi, eruvchi mis, yoki ruh simdan iborat. Saqlagich simi, dvigatelning elektr zanjiriga ketma-ket ulanadi. Elektr dvigatelda qisqa tutashuv rejimi ro‘y bergan da, yoki o‘ta ortiqcha yuklamada, tok miqdori ortib ketganida, saqlagich simidan o‘tadi-gan qisqa tutashuv toki, uni eritib yuboradi va natijada dvigatel elektr tarmog‘idan uzilib, himoyalanib qoladi. Saqlagichlar zanjirdagi dvigatellarni yurgizish toki va uning vaqti bilan xarakterlanadi. Bu vaqt-tok xarakteristikasi deb ataladi: Elektr dvigatellarini ortiqcha yuklamadan saqlaydigan eng ko‘p tarqalgan rele-issiqlik relelaridir.
Issiqlik relesi, elektr yuritma va avtomatlashtirilgan mexanizmlarda, havfli ish rejimi sodir bo‘lishi bilan elektr dvigatelni tok manbaidan uzish uchun xizmat qiladi. Harorat o‘zgarishlarini seza oladigan rele, issiqlik relesi, termorele – deyiladi: Uning ishlash printsipi qiziganda metallning kengayishiga asoslangan.
Topshiriq. 1. Himoya vositalari tuzulishi va ishlashi bilan tanishiladi.
2. Amaliyot o‘tkaziladigan elektr sxemani yig’ib avtomatik o‘chirgichni sinaladi.
3. Nominal yuklamani yuklab, undagi parametrlari o‘lchab olinadi.