Mashg’ulotni tushuntirish. Elektr apparatlarining turlanishi (klassifikatsiyasi) quyidagi belgilar bo‘yicha olib boriladi: vazifasi bo‘yicha, qo‘llanish jarayoni bo‘yicha, ishlash printsipi bo‘yicha, tok turi bo‘yicha, atrof-muhitdan muhofazalangani bo‘yicha, konstruktiv hususiyatlari bo‘yicha va boshqalar. Aytib o‘tilganlardan asosiysi deb EA-larni vazifasi hisoblanadi va quyidagilarga ajratiladi:
1. Kommutatsion apparatlar elektr zanjirlarni ulab yoki uzish uchun ishlatiladi. Bularga ─ rubilniklar, paketli uzgich, yuklama uzgichi, ajratgichlar (razyedinitel), ayirgich (otdelitellar), qisqa tutashtirgichlar, avtomatlar, saqlagichlar kiradi. Bu guruh elektr apparatlarini hususiyati shundaki ular ma’lum uzoq ish vaqti davomida kam ulab-uziladi.
2. Cheklovchi apparatlar (reaktorlar) qisqa tutashuv toklarni va o‘ta kuchlanishlarni
(razryadnik) cheklash uchun ishlatiladi. Qisqa tutashuv va o‘ta ortiqcha kuchlanishli ish rejimlari avariya rejimi hisoblanadi. Shuning uchun cheklovchi apparatlar katta yuklamalar ostida kam holatlarda ishlab ketadi.
3. Yurgizib-boshqaruvchi apparatlar elektr mashinalarni yoki biror elektr energiya iste’mol etuvchi apparatni yurgizish, tezligini rostlash, U va I ni o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi. Bu guruhga kontrollerlar, boshqaruvchi kontrollerlar, yuritgichlar, rezistorlar va reostatlar kiradi. Quyida 17–rasmda kommutatsiyalovchi yuqori kuchlanishli EAning ko’rinishi keltirilgan.
1.Nominal ish rejimida elektr apparatlarining tok o‘tkazuvchi qismining harorati
GOST yoki normativ hujjatida belgilangan qiymatdan ortmasligi kerak qisqa tutashuv paytida tok o‘tkazuvchi qismlar katta toklar o‘tish jarayonida termik va dinamik kuchlar ostida bo‘ladi, bu esa apparatning ishchi qobiliyatiga ta’sir qilmasligi lozim. 2. Tez-tez ulab uzish rejimida ishlaydigan EA mustahkam bo‘lishi kerak. 3. Qisqa tutashuv rejimida elektr zanjirni uzadigan EAning kontaktlari shu rejimga mo‘ljallangan bo‘lishi zarur. 4. EA izolyatsiyasi o‘ta kuchlanishlarga bardosh beruvchi bo‘lib, atrof-muhit ta’sirida nominal xizmat davomliligini ta’minlash kerak. Topshiriq: 1.Turli kommutatsiyalovchi EAlari bilan tanishiladi va ularni ma’lumotlari yozib olinadi. 2. Kontrolyorlar tuzulishi va
ishlashini tushuntiring.
Nazorat uchun savollar. 1. Kommutatsiyalovchi EAning konstruktsiyasini tushuntiring?
2. Kontrolyorlar ni ishlash prinsipini tushuntiring?
3. Kommutatsiyalovchi EAning va elementlarini avfzalliklari nimada?