Amaliy mashg‘ulot. 4-sinfda insho o‘tkaziladigan dars ishlanmasini tuzish (2 soat) Reja



Yüklə 59,42 Kb.
səhifə3/4
tarix12.06.2023
ölçüsü59,42 Kb.
#128795
1   2   3   4
12-amali mashg`ulot

Mening orzum
Reja:
1. Kishi orzu bilan yashaydi
2. Orzular olami
3.Orzu-hayol emas
4.Mening tuganmas orzularim
Hayotda har bir kishi orzu-niyat bilan yashaydi. Har bir insho orzu bilan hayot kechiradi. U orzu bilan o‘qiydi va ishlaydi.
Orzular olami keng. Birov o‘qib olim bo‘lishni istasa, boshqalar o‘qituvchi, shifokor bo‘lishni istaydi.
Orzu, albatta xom xayol emas. Orzuni amalga oshirish uchun kishi o‘qib, mehnat qilib, kurashib borishi zarur.
Mening orzum-shifokor bolish. Kishilar sog‘lig‘i uchun qiygurish - qanday baxt! Men, albatta, o‘qib, tinmay kurashib bolalarni davolaydigan doktor bo‘laman!
Erkin (ijodiy) inshoni yozishda o‘quvchilar nimalarga rioya qilishni ta'kidlab borish zarur. Jumladan, quyidagi talablarga rioya qilib borish o‘qtirib boriladi:
1.Mavzuni yoddan chiqarmaslik.
2.Rejaning mayzuga mos kelishi.
3.Rejadan chiqmaslik.
4.Fikrlarning erkin ifodalanishi.
5.Gaplarni to‘g‘ri tuzish.
6. Imlo xatolarga yo‘l qo‘ymaslik.
Erkin inshoda o‘quvchi erkin fikr yuritish, insho matnida gaplami turlicha tuzishi, shaxsiy hissiyotlarni ifodalashi, fikrlarini ifodalashda mantiqiy izchillikka rioya qilishi va muayyan xulosani chiqara olishi xarakterlidir.
Erkin insho mavzusini belgilashda o‘qituvchi qat'iy bir izchillikka e'tibor berishi lozim.
Jumladan, tanlangan kasb haqidagi insholar mavzulari quyidagi izchillikka ega bo‘ lishi zarur:
1.”Men sevgan kasb” (3-sinf)
2.”Dehqonchilik-sevgan kasbim”(3-sinf)
3.”Dehqon - rizq-ro‘z yaratuvchi” (4-sinf)
4.”Bobodehqon” (4-sinfning oxiri)
Birinchi mavzuda dehqonchilik kasbining asosiy xususiyatlari bayon qilinsa, ikkinchi mavzuda dehqorichilik kasbiga bo‘Igan qiziqish sabablari ifodalanadi. Uchinchi mavzuda dehqon rizq-ro‘z yaratuvchi, olijanob kasb ekantigi kengroq ochib beriisa, to‘rtinchi mavzuda bobodehqqnning ijtimoiy hayotdagi o‘rni, asosiy jihatlari, misollar atroflicha izohianadi, xulosa ham ancha keng beriladi.
“Ona” haqidagi insholar mavzularidagi izchillik quyidagicha bo‘lishimumkin:
“Mening onajonim” (3-sinf)
“Mening onam eng yaxshi inson”(3-sinf)
“Onajonim -suyanchig‘im” (4-sinf)
“Onajon, sizga ta’zim” (4-sinf)
E rkin mavzudagi insholar material manbaiga ko‘ra adabiy asar qahramonlari, o‘quvchinig shaxsiy kechinmalari, his tuyg‘ulari haqida, shuningdek, mustaqil ravishda yozgan she’r, hikoya, ertak va kundaliklari bo‘lishi mumkin. Shunga qarab, erkin mavzudagi insholarni quyidagicha tasnifladik:


Sevgan qahromonlari haqida har bir o‘quvchi muayyan fikrga ega. Jumladan, bir o‘quvchi sport sohasidagi chempionni boshqa o‘quvchi adabiy asar qahramonini yana bir o‘quvchi o‘zi bilan yashayotgan hamshahar yoki hamqishlog‘i-mehnat qahramonini sevadi, ulardan o‘rnak oladi, ularga o‘xshagisi keladi.





Yüklə 59,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin