Birinchi usul. Tunnelli interfeyslar. Ikkita Cisco marshrutizatorlari orasida tunnel yaratish holatlarida qo’l keladi. Sozlashlarda va ishlatishda oddiy va qulay. Eslatib o’tish joizki ikkilar usulda ham tashqi manzil doimiy va statik bo’lib, provayder tomonidan beriladi.
Ofislar orasida trafikni harakatlantirish uchun qo’llaniladigan virtual tunnelni yaratamiz.
1-qadam. Shifrlash parametrlari. Tunnel uchun shifrlash parametrlarini tanlaymiz. Buning uchun shunchaki ushbu misoldagi satrlarni nusxalab olish yetarli.
Bu sozlamalar qo’shimcha ofisdagi R-BRANCH marshrutizatoriniki bilan bir xil bo‘ladi.
2-qadam. Shifrlash kaliti Shifrlash kaliti ikkila marshrutizatorlar uchun bir xil bo’lishi shart. Kalit 50 ta belgidan kam bo’lmagan raqam, harf va maxsus simvollar kombinatsiyasidan iborat bo’lishi tavsiya etiladi, lekin ushbu misolda oddiy “tatusf” kalitdan foydalaniladi.
Bosh ofis uchun:
Misolda qizil rang bilan berilgan joylarini o’zgartirish mumkin. 0 soni kalit shifrlanmagan formada berilayotganini anglatadi. Konfiguratsiyalarni ko’rishda 0 soni 7 ga o’zgarishi mumkin va kalit shifrlangan formada yoziladi. Masalan