5-qadam. Marshrutlash Har ikkala ofis bir biriga ulana olishi uchun har bir qurilmaga mos marshrutlash satrlarini qo’yish talab etiladi.
Bosh ofisda
R-MAIN(config)# ip route 192.168.20.0 255.255.255.0 10.0.0.2
Filialda
R-BRANCH(config)# ip route 192.168.10.0 255.255.255.0 10.0.0.1
Shundan so’ng ikkala tarmoqning barcha kompyuterlari, serverlari va boshqa resurslari bir biri bilan bog’lanishi mumkin, bunda aloqa himoyalangan bo’ladi.
Amaliy mashg’ulot topshiriqlari Bir biridan uzoqda bo‘lgan tarmoqlar orasida VPN tunnel quring. Kompaniyaning uchta tarmog’ini bitta VPN tarmoqqa birlashtiring: bitta asosiy ofis va ikkita filial tarmoqlari.
Berilganlar:
Birinchi filialda (R-BRANCH1) Cisco 881 marshrutizatori
192.168.40.0/24 foydalanuvchilar uchun tarmoq
4.4.4.2/30 tashqi statik IP-manzil
4.4.4.1/30 provayder shlyuzi
Ikkinchi filialda (R-BRANCH2) Cisco 881 marshrutizatori
192.168.50.0/24 foydalanuvchilar uchun tarmoq
5.5.5.2/30 tashqi statik IP-manzil
5.5.5.1/30 provayder shlyuzi
Amaliy mashg‘ulot topshirig‘i
NAT. Topshiriqni bajarish uchun Cisco Packet Tracer dasturini ishga tushiring va 3.1-rasmda tasvirlangan tarmoqni quring. Tarmoq qurilmalarini 3.1-jadvalda ko’rsatilgan parametrlar bo’yicha sozlang. NAT texnologiyasidan foydalanib, ichki tarmoqdan (lokal) tashqi tarmoqqa (Internetga) chiqishda lokal manzillarni tashqi IP-manzilarga o’zgartitring. LAN1 va LAN2 tarqmoqlardagi kompyuterdan tashqi tarmoq serveriga oddiy paket yuboring va translyatsiya qilingan manzillar ro’yxatini ko’ring. LAN1 tarmoqdagi server manzilini Static NAT dan foydalanib, tashqi manzilga translyatsiya qiling. Natijalarni hisobotga kiriting.
Eslatma. Routerlar aro marshrutlashda RIP protokolidan foydalaning.