Mehnatni muhofaza qilish qoidalari, norma va
yо‘riqnomalarini buzganlik uchun javobgarlik
Ba’zi bir raxbar shaxslarning о‘z ishiga sovuqqonlik va loqaydlik bilan qarashi natijasida mehnatni muhofazaqilish tartib-qoidalari buzilib, baxtsiz hodisa yuz bersa, bu baxtsiz hodisaning og‘ir-yengilligi va oqiba- tini hisobga olib, javobgarlik chora-tadbirlari belgilanadi.
Intizomiy javobgarlik. Hozirgi zamon mashinasozlik sanoati fan va texnika taraqqiyotining hamma yutuqlarini о‘zida jamlagan murakkab dargox hisoblanadi. Unda oddiy tokarlik stanogidan tortib zamonaviy pro- grammalashtirilgan agregat stanoklarigacha, oddiy yig‘ishmaydonidan boshlab, mukammallashtirilgan konveyer liniyalarigacha ishlaydi. Bunday mashinasozlik zavodlari sexlarida bir necha yuzdan tortib bir necha ming nafargacha ishchilar mehnat qipishi mumkin.
Bunday katta sanoat korxonasida mehnat intizomini caqlash havfsiz ish olib borishning asosi hisoblanadi. Chunki bu yerda mehnat qilayotgan ishchining vazifasi va bajaradigan ishi mutaxassisligi bо‘yicha texnika xavfsizligi meyorlari darajasida bо‘lishi va uni buzgan shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik tartibida ogoxlantirish, jamoat tartibidagi choralar va ma’lum miqdorda jarima tо‘lash belgilanadi.
Bunday holatlarda jarima va ogoxlantirish bо‘ysunish tartibidagi raxbar xodimlar tomonidan emas, balki mehnatni muhofaza kilishning davlat nazorat organlari yoki shahar va tuman kengashlari ijroiya qо‘mitalari tomonidan tashkil qilingan komissiyalarning qarori bilan belgilanadi.
Jinoiy javobgarlik. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarining qо‘pol buzilishi natijasida og‘ip jarohatlanish sodir bо‘lsa, yoki bir necha kishi og‘ir jarohatlansa, yoki baxtsiz hodisa о‘lim bilan tugasa, bu holatda raxbar xodim jinoiy javobgarlikka tortiladi. Raxbar xodim vazifasidan chetlatiladi va ma’lum muddatga ozodlikdan maxrum qilinadi.
Moddiy javobgarlik — bu ishchi va xizmatchining aybi bilan korxonaga keltirilgan moddiy zararni qoplashdir. Mehnatni muhofaza qilishning qoida va meyorlari ishchi va xizmatchi tomonidan buzilishi natijasida sa- noat korxonasi moddiy zarar kо‘rsa, ana shu zararning bir qismi yoki hammasi aybdor shaxs tomonidan tо‘lanishi moddiy javobgarlik chorasiga kiradi.
Moddiy javobgarlik asosan ikki xil tartibda: chegaralangan moddiy javobgarlik va tо‘liq moddiy javobgarlik tartibida belgilanishi mumkin. Chegaralangan moddiy javobgarlikda ishchi yoki xizmatchidan sanoat kor- xonasiga yetkazilgan zarar ma’muriyat tartibida buyruqqa asosan oyligidan undirib olinadi. Lekin bunda, avvalo aybdor shaxsning roziligi bо‘lishi shart, ikkinchidan, undirib olinadigan miqdor umuman ishchining yoki xiz- matchining о‘rtacha oyligidan oshib ketmasligi va har oyda undiriladigan pul mikdori esa, ishchi yoki xizmatchining oladigan oyligining uchdan biridan oshmasligi kerak.
Tо‘liq moddiy javobgarlik jinoyat sodir bо‘lgan taqdirda va aybdor jinoiy ish qilgan bо‘lsa, uni jinoiy javobgarlikka tortish bilan bir qatorda, sanoat korxonasiga keltirilgan moddiy zararni ham tо‘liq qoplashga majbur qilinadi. Bunday javobgarlik qarorlarini tuman yoki shahar sud organlari (ma’muriyatning talabiga asosan) chiqaradi. Bu holda ma’muriyat tomonidan aybdorning haqiqatdan ham aybdor ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar kо‘rsatilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |