Sanitar nazorati. Davlat sanitar nazorati О‘zbekistan Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi sanitariya- epidemiologiya xizmatlari orqali amalga oshiriladi. Sanitar nazoratining asosiy vazifasi tashki muhitning (suv havzalari, tuproq, atmosfera) sanoat chiqindilari bilan ifloslanmasligini kuzatib boradi, shuningdek sanoat korxonalarining sanitariya-gigiyena holatini va kasb kasalliklarining kelib chiqmasligi chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
SES xodimlari kapital kurilish muassasalarini qabul qilishda qatnashadi, sanoat korxonalarida kasb kasalliklari va zaharlanish hollarini tekshiradi, ma’muriyat bilan birga ularni bartaraf etish, oldini olish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Energetika nazorati.Davlat energetika nazorati energetika va elektrlashtirish sanoati vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Ularning asosiy vazifasi elektr va issiqlik qurilmalaridan tо‘g‘ri foydalanishni kuzatish va ularning xavfsiz ishlatilishini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini kuzatib borishdan iborat.
Nazorat vazifalarini amalga oshirish, yо‘l qо‘yilgan kamchiliklarni tuzatish hamda aybdorlarga jazo choralarini belgilash maqsadida yuqorida kо‘rsatilgan nazorat tashkilotlari quyidagi huquqlarga egadirlar:
Kunning xohlagan vaqtida sanoat korxonasi maydoniga hech qanday qarshiliksiz kirish, xohlagan qismini kо‘zdan kechirish.
Ma’muriyat va sex xodimlaridan mehnatni muhofaza qilishga, ishchi va xizmatchilarning mehnat sharoitini yaxshilashga taalluqli bо‘lgan hujjat, ma’lumotnoma va boshqa materiallarni talab qilib olish, kamchiliklarga yо‘l qо‘yilgan taqdirda ularga ma’muriyat xodimlarining e’tibor berishlarini talab qilish.
Mehnatni muhofaza qilish qoida va normalarini bajarishda yо‘l qо‘yilgan kamchiliklarni tugatish uchun ma’muriyat va ba’zi bir rahbar shaxslarga kо‘rsatmalar berish hamda ularni bartaraf qilish muddatlarini belgilash.
Ish olib borilayotgan maydonlarda ishchilarning hayoti uchun xavfli bо‘lgan omillar, ayrim mashina va mexanizmlardan jarohatlanish yoki shu chegarada ishlash natijasida ishchi biror kasb kasalligiga chalinib qolishi ehtimoli bо‘lsa, ishni tо‘xtatishi, agar zarurat tug‘ilsa, ish olib borayotgan korxonaning ishini tо‘xtatishi mumkin.
Mehnat qonunlarini, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi mezon va qoidalarini buzgan va jamoa bitimida kо‘rsatilgan ish sharoitini sohlomlashtirish chora-tadbirlarini о‘z vaqtida bajarmagan ma’muriyat xodimlarini javobgarlikka tortish.