Amaliy mashg’ulot №6 mehnatni muhofaza qilish bo’yicha davlat nazorat tashkilotlari va jamoat nazorati


Mehnatni muhofaza qilishning jamoat nazorati



Yüklə 23,51 Kb.
səhifə3/4
tarix25.12.2023
ölçüsü23,51 Kb.
#195449
1   2   3   4
6 (7)

Mehnatni muhofaza qilishning jamoat nazorati mehnat qonunlari, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanita­riyasi norma hamda qoidalarining bajarilishini, kuzatib boradi, shuningdek sanoat korxonasida baxtsiz hodisalarning kelib chiqishini va kasb kasalliklarining kamayishini ta’minlovchi chora-tadbirlarning qanday amalga oshirilayotganligini nazorat qiladi. Jumladan ishlab chiqarish jihozlari va qurilmalarining sozlanganligini, ishchilarning maxsus kiyim-bosh, oyoq kiyimi, shaxsiy muhofaza vositalari bilan ta’minlanganligini, maxsus ovqatlarning о‘z vaqtida berilishi (agar zarur bо‘lsa), sut va sovun bilan ta’minlash, ish kunining davom etish soatlari, dam olish kunlari va mehnat ta’- tillarining о‘z vaqtida berilishi, tanaffuslar, ayollar va о‘smirlar mehnatidan tо‘g‘ri foydalanish va boshqalar.
Mehnatni muhofaza qilish komissiyalari va jamoat inspektorlari bajaradigan ishlarning tarkibi kasaba uyushmasi tomonidan tasdiqlangan qarorlar bilan belgilangan.
Mehnatni muhofaza qilishning jamoat nazoratini olib borayotgan shaxslarga va tashkilotlarga nisbatan ma’muriyatning asosiy vazifasi nazorat qiluvchi shaxslarning takliflarini qо‘llab-quvvatlash va ularning ishlarini amalga oshirishni tezlatish hamda yordam kо‘rsatishdan iborat.
Ma’muriyatning kasaba uyushmasi tashkiloti bilan birgalikda olib borayotgan unumli nazorat usullaridan biri uch bosqichli nazorat usulidir: birinchi bosqich ish joylarida, ikkinchi bosqich sexda va uchinchi bosqich butun zavod buyicha. Bu usul kasaba uyushmasi aktivi bilan ma’muriyat о‘rtasidagi mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ish joyida tatbiq qilish, mehnat madaniyatini yaxshilash va ish sharoitini sog‘lomlashtirish borasidagi tadbirlarni birgalikda olib borish imkoniyatini yaratadi. Bunda xavfsizlik darajasini xavfsizlik koeffitsiyenti orqali baholash mumkin bо‘ladi.
Master nazoratning birinchi bosqichini mehnatni muhofaza qilish jamoat inspektori va grafik buyicha navbatchi о‘z-о‘zini nazorat qiluvchi ishchi bilan birga­likda о‘tkazadi. Ular ish boshlangunga qadar ishchilar bilan mehnatni muhofaza qilish masalalarida besh mi- nutli suhbat о‘tkazadilar, sо‘ngra ish joylari, ish qurollari, tо‘siq qurilmalarining borligi va tо‘g‘riligini tekshiradilar. Aniqlangan kamchiliklar tuzatiladi.
Ish davomida ular ishchilarning texnologik hujjatlarga, xavfsizlik texnikasining kо‘llanmalariga qanday rioya qilayotganliklarini kuzatib boradilar, shuningdek ishchilarning ish joylariga, yо‘lka va о‘tish joylariga, havo muhitining tozaligiga, ish joylarining yoritilishi masalalariga e’tibor beradilar, hamma kuzatilgan kamchilik­lar hamda ishchilar tomonidan kiritilgan taklif va mulohazalar ayrim jurnalga yozib qо‘yiladi. Master aniqlangan kamchiliklarni yо‘qotish chora-tadbirlarini kо‘radi. О‘zi bartaraf qilishi mumkin bо‘lmagan ba’zi bir kamchi­liklarni tugatish chora-tadbirlarini kо‘rish iltimosi bilan sex boshlig‘iga murojaat qiladi. Master tartibbuzarlarning familiyalarini va buzilgan tartibning mohiyatini maxsus tutilgan daftarga yozib qо‘yadi va bu hakda tar- tibbuzuvchini ogohlantiradi, har qanday tartibbuzarlik holatlari keyingi smena boshlanishi oldidan о‘tkaziladigan yuriqnomada muhokama qilinishi shart.
Nazoratning ikkinchi bosqichini har haftada javobgar rahbar xodim kasaba uyushmasi sex qо‘mitasi raisi yoki sex qо‘mitasining mehnatni muhofaza qilish komissiyasining raisi bilan birga sex texnika xizmati xodimlari ishtirokida amalga oshiradi. Ular sex tarmoqlarini aylanib, sexda mehnatni muhofaza qilish ahvolini kо‘zdan kechiradilar, oldingi galda belgilangan va birinchi bosqich nazorati tomonidan aniqlangan chora-tadbirlarning qanday bajarilganligini kuzatadi, aniqlangan barcha kamchiliklar va bajarilmagan chora-tadbirlar, shuningdek ishchilarning takliflari sex jurnaliga yozib qо‘yiladi. Kо‘rik о‘tkazib bо‘lingandan keyin tartibbuzish sabablari muhokama qilinadi, aniqlik kiritilgan qо‘shimcha chora-tadbirlar, bajaruvchi shaxslar va bajarish muddati belgilanadi. Sex komiteta mehnatni muhofaza qilish komissiyasi va jamoat inspektorlari orqali kо‘zda tutilgan chora-tadbirlar­ning bajarilishini nazorat qilib turadi.
Nazoratning uchinchi bosqichini sanoat korxonasining bosh injeneri, zavod kasaba uyushmasi qо‘mitasi raisi, xavfsizlik texnikasi xizmati boshlig‘i (xavfsizlik texnikasi injeneri), bosh mexanik korxona bosh energetigi, tibbiyot bо‘limi boshlig‘i, sex tibbiyot xodimi amalga oshiradi. Ular sexlarni maxsus grafik bо‘yicha oyiga bir marta aylanib chiqadi, birinchi va ikkinchi bosqich buyi­cha о‘tkazilgan nazorat natijalarini tekshirib chiqadi, sexda qilinmagan xavfsizlik texnikasining jarohatlanishga olib kelishi mumkin bо‘lgan holatlarini aniqlaydi. Aniqlangan kamchiliklarni tuzatish uchun chora-tadbirlarni, shuningdek sexda mehnat madaniyatini yuk- saltirish vositalarini belgilaydi.
Tekshirish natijasi majlisda muhokama qilinadi, ishlab chiqarish bо‘limlari rahbarlarining kamchiliklar­ni tugatish borasidagi ishlari haqida hisobotlar tinglanadi, jamoat inspektorlari mehnatni muhofaza qilishning hal qilinmagan masalalarini о‘rtaga tashlaydilar. Majlis xulosasi asosida korxona rahbari tomonidan korxona buyicha buyruq chiqariladi.
Katta sanoat korxonalarida uchinchi boskich nazoratini bosh muhandisо‘rniga tekshirilayotgan sex bо‘yicha bosh mutaxassislar boshqarishlari mumkin. Masalan, bosh metallurg quyish, metallarga issiq ishlov berish sexlarini tekshirish komissiyasini boshqarishi mumkin, bosh texnolog metallarga sovuq ishlov berish, yig‘ish sexlarining tekshirish komissiyalarini boshqarishi mumkin. Sanoat korxonalarida mehnat qonunlari buzilmasligining tarmoq nazoratini vazir va birlashmalar bо‘ysunish tartibi bilan amalga oshiradi.



Yüklə 23,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin