L. Mehnat qilish qonunlari



Yüklə 30,56 Kb.
səhifə1/11
tarix19.06.2023
ölçüsü30,56 Kb.
#132753
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1509451576 69586


Mehnatni muhofaza qilish qonunlari va uning tashkiliy asoslari


Reja:

l. Mehnat qilish qonunlari


2. Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha davlat nazorat tashirilotlari va jamoat nazorati
3. Ma'muriyatning xavfsiz va sog'lom ish sharoitini tashxil qilish majburiyatlari

4. Mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlari


5. Xavfsizlik texnikasi muhandisining vazifalari

6. Mehnatni muhofaza qilish qoidalari, me'yor va yo'riqnomalarni buzganlik uchun javobgarlik


7. Yo'riqnomalar o'txazish va ishchilami xavfsiz ishlash usullariga o'rgatish
8. Mehnatni muhofaza qilish kabineti

l. Mehnat qilish qonunlari


Har qanday demokratik jamiyatda shu jamiyat taraqqiyoti qay darajada bo'lishidan qat'i nazar, o'zining huquqiy manfaatlaridan kelib chiqib va inson huquqlarini himoyalashga asoslangan qonun asoslari, ya'ni Konstitusiyasi bo'lishi zarur. Bu Konstitusiya awalo inson huquqlarini himoya qilishi, shu bilan bir qatorda iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar ham himoyalanishi kerak.
Mustaqil O'zbekiston Respublikasi 1992-yil 8-dekabrida o'zining birinchi demokratik Konstitusiyasini e'lon qildi.
Bu Konstitusiyaning IX bobi iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni himoyalashga qaratilgan. 36-moddada «hap bir shaxs qonunda ko'rsatilgan tartibda mehnat qilish, erkin kasb tanlash, odilona sharoitlarda mehnat qilish va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» deyilgan, matn davomida «Sud hukmi bilan tayinlangan ja-zoni o'tash tartibidan yoki qonunda ko'rsatilgan boshqa hollardan (harbiy xizmat chog'ida, favqulodda holat sharoitida va h.k.) tash-qari majburiy mehnat taqiqlanadi» deb qo'yilgan. Bu Konstitusiyadagi tarqoq umumiy jumlalar asosida berilgan va ishyoqmas, dangasa shaxslar uchun asosiy istehkom bazasi bo'lib xizmat qiladigan «barcha fuqarolar ish bilan ta'minlanadi» degan jumladan tubdan farq qilishi ko'rinib turibdi.
Shu bobning 37-moddasida «Barcha yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to'lanadigan mehnat ta'tilining muddati qonun bilan belgilanadi», deyilgan jumla ham birmuncha ijobiy xususiyatlaiga ega. Dam olish huquqini ta'-minlash mana shu huquqning amalga oshirilishini ta'minlaydigan ijtimoiy bazaga asoslanishi kerak. Bu bandda ana shu bazani ta'minlash imkoniyatini beradigan qonun barpo etilishi mumkinligi belgilangan.
38-moddada «har kim qariganda, mehnat layoqatini yo'qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo'lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta'minot olish huquqiga ega.
Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo'yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo'lishi mumkin emas» deyilgan.
Oldingi Konstitusiyalarda ijtimoiy ta'minlanish masalasi hal qilingani bilan uning miqdori hech kimni qiziqtirmas edi. Bu Konstitusiyada qo'shimcha ravishda tirikchilik uchun yetarli miqdorda belgilanishi, albatta, keyingin nafaqa haqidagi qonunlarda uning miqdorini oshirish imkoniyatini beradi.
39-moddada «har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega» deb belgilangan.
Ilgari qabul qilingan Konstitusiyalarda bepul tibbiyot xizmati-dan foydalaniladi, deyilgan edi. Ammo amalda tibbiyot xizmatidan, bepul foydalanish imkoniyatlari yaratilmagani sababli bu qonun tibbiyot sohasining inqiroziy tanglikka olib keldi. Hozir belgilangan moddada tibbiyot xizmati bo'yicha hech bir cheklanishlar yo'q, bunda turli-tuman tibbiyot xizmati korxonalari tashkil etilishi va jumladan, malakali tibbiyot xodimlari o'z shaxsiy davolash muassasalariga ega bo'lishi, bu bilan esa davolash sohasida raqobat vujudga keladi, aholi malakali tibbiyot xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Mamlakatimizda ayollarning erkaklar bilan teng huquqlari ta'minlangan. Bu huquq mehnat qilish haqidagi qonunda to'g'ri ta'kidlangan. Mehnat qilish jarayonida erkaklar bilan ayollarning teng huquqligi, ularning erkaklar singari og'ir va zararli ishlarda ham ishlashlari mumkin ekanligini bildirmaydi. Ayollar a'zolarining ba'zi xususiyatlarini va ayollaming oiladagi mavqeini hisobga olib, qonunda ular uchun ma'lum yengilliklar va maxsus qoidalar belgilangan. Ayollar sog'ligiga zarar keltirishini hisobga olib, ba'zi bir ishlarda ayollar mehnatidan foydalanish ta'qiqlanadi. Masalan, ayollarning zaharli moddalar ajraladigan kimyo sanoatining ba'zi tarmoqlarida, yer osti ishlarida va boshqa bir qancha sohalarda ishlashlariga yo'l qo'yilmaydi.
Hoziigi vaqtda sanoat koixonalaridagi ishlar mexanizatsiyalashtirilgan bo'lishiga qaramay, ba'zi bir hollarda yuklarni qol bilan ko'tarib ko'chirish holatlari uchrab turadi. Shuning uchun balog'at yoshidagi ayollar uchun yuk ko'tarish qoidalari belgilab qo'yilgan.
Ular qo'lda 20 kg gacha bo'lgan yukni va zambilkaltak bilan 50 kg dan oshmagan yukni tashishlari mumkin.
Farzand ko'rishi kerak bo'lgan va emizuvchi ayollarga maxsus yengilliklar tug'diriladi. Bunday ayollarni va 8 yoshgacha bolalari ayollarni tungi ishdan (soat 22 dan soat 6 gacha), ishdan tashqari, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilish va xizmat sa-fariga yuborish taqiqlanadi. Ma'muriyat ba'zi hollarda, ayollarni shifokor xulosasiga asosan, o'rtacha ish haqini saqlagan holda, yen-gil ishlarga o'tkazishi lozim. Ayollarga tug'ish oldidan va tuqqan-dan keyin belgilangan kalendar kundan haq to'lanadigan dam olish kunlari beriladi. Bundan tashqari, farzand kutayotgan va emizikli ayollar uchun yana bir qancha yengilliklar beriladi.
Sanoat korxonalarida ishlovchi ayollar uchun bola emizish xonalari, dush xonalari va shaxsiy gigiena xonalari tashkil qilinadi.
Respublika mehnat qonunlarida o'smirlar mehnatini muhofaza qilishga alohida e'tibor beriladi. Mehnat qonunlariga asosan 16 yoshga to'lmagan o'smirlar ishga qabul qilinmaydi. Ayrim sharoitlarda 15 yoshga to'lgan o'smirlar FZKU (fabrika, zavod kasaba uyushmasi) ruxsati bilan ishga qabul qilinishi mumkin. Bunday o'smirlar uchun 16 yoshgacha 24 soatlik ish haftasi tashkil qilinadi. 16 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlar uchun esa ish soati haftasiga 36 soatdan oshmasligi kerak. Ammo bunda o'smirlar uchun to'lanadigan ish ham xuddi shu darajadagi ishlarda ishlaydigan balog'at yoshidagi ishchilarning o'rtacha ish haqidan kam bo'lmasligi kerak.
O'smirlar uchun bir kalendar oy miqdorida yilning eng yaxshi davrlarida yoki o'zi xohlagan vaqtda dam olish kunlari berilishi kerak. Tungi ishlarda, ishdan keyin qolib ishlanadigan ishlarda, dam olish kunlarida o'smirlar mehnatidan foydalanish butunlay taqiqlanadi. O'smirlar sog'lig'i uchun zararli moddalar ajralib chiqaradigan ishlarda ularni ishlatish mumkin emas. Mashinasozlik sanoatida galvanik sexlarda, liar xil shamollatish tizimlarini ta'mirlash va tozalashda, shuningdek, simob va simob birikmalari bilan ishlanadigan ba'zi bir ishlarda o'smirlar mehnatidan foydalanish taqiqlanadi.
18 yoshga to'lmagan o'smir bolalarga 16 kg gacha, qizlarga esa 10 kg gacha bo'lgan og'irlikdagi yuklarni ko'tarish ruxsat etiladi. O'smirlar ishga qabul qilinayotgan vaqtda tibbiyot ko'rigidan o'tkaziladi, shuningdek, 18 yoshga to'lguncha tibbiyot ko'rigidan o'tkazib turiladi. Agar tibbiyot ko'rigi o'smir bajarayotgan ish uning sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatayotgani sezilsa, o'smir darhol xavfsiz va yengilroq ishga o'tkaziladi. Mehnat qonunlariga asosan zararli ish sharoitida ishlovchilar uchun ustama haq to'lanadi yoki ish soati qisqartiriladi. Ish soatining qisqartirilishi natijasida ishchi zararli moddalar bo'lgan zonada kamroq bo'ladi va bu bilan u kamroq zaharlanadi.
Ko'pgina kimyo sanoati korxonalarida va mashinasozlik sanoatining kuyish, eritish sexlarida ish soati kuniga olti soatga qisqartirilgan. Bundan tashqari zararli zonalarda ishlagan ish-chilarga qo'shimcha dam olish kunlari beriladi va ishlagan ishchi o'z sog'ligini tiklash imkoniyati tug'iladi. Mashinasozlik sanoatining bir qancha sexlarida ishlagan ishchilar oladigan oyligiga 13 foiz atrofida va ba'zi uchastkalarda esa 3033 foiz ustama haq to'lanadi.
Zararli moddalar ajralishi mumkin sexlarda ishlovchilarga kuniga yarim litr miqdorda sut yoki shunga yarasha boshqa ehtiyot chora sifatida ayrim mahsulotlarni oladilar. Sut olishi zarur bo'lgan kasblarni FZKU bilan kelishilgan holda korxonaning rahbar xodimlari belgilaydi. Bunga O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqarilgan ilmiy xulosalar asos qilib olinishi kerak.
Tananing ba'zi bir qismlari yoki hammasi ifloslanishi mumkin bo'lgan ishlarda mehnat qiluvchi ishchilar bepul sovun bilan ta'minlanadilar.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida ishlab chiqarish korxonalari ma'muriyati mehnatkashlarga ishlab chiqarish bilan bog'langan har qanday shikastlanish yoki zararlanishni, shuning-dek, moddiy yo'qotishni qoplash majburiyatini olishi alohida ko'rsatilgan.
Xavfsiz ish sharoitini yaratish borasida yo'l qo'yilgan har qanday kamchilik yoki xavfsiz ishlash sharoitini tashkil qilmaslik nati-jasida ishchining baxtsiz hodisaga uchrashi—sanoat korxonasining yoki rahbar xodimlarning aybi hisoblanadi. Moddiy yuqotishni qoplash miqdori va tartibi maxsus qoidalar asosida belgilanadi.

Yüklə 30,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin