L. Mehnat qilish qonunlari


Vaqti-vaqti bilan o'tkaziladigan yo'riqnoma



Yüklə 30,56 Kb.
səhifə10/11
tarix19.06.2023
ölçüsü30,56 Kb.
#132753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1509451576 69586

Vaqti-vaqti bilan o'tkaziladigan yo'riqnoma. Bu yo'riqnomani o'tkazish vaqtini fabrika, zavod kasaba uyushmasi qo'mitalari bilan kelishgan holda, sanoat korxonasining rahbari belgilaydi. Bu yo'riqnomaning mazmuni ish joyidagi yo'riqnoma mazmuni bilan bir xil. Yo'riqnomaning kirish yo'riqnomasi singari ish staji, malakasi, razryadidan qat'i nazar, hamma ishchilar o'tkazilishi shart.
Rejadan tashqari yo'riqnoma. Bu yo'riqnoma texnologik jarayonning o'zgarishi, yangi mashina va stanoklar kiritilishi va yangi materiallardan foydalanish natijasida ish sharoitining o'zgarishi munosabati bilan ishchilarning mehnat xavfsizligini saqlash borasida bilimlari yetishmagan hollarda o'tkaziiishi mumkin.
Bundan tashqari, bu yo'riqnoma ba'zi bir ishchilar tomonidan xavfli ish usullaridan foydalanilsa, mehnat intizomi yoki xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilsa yoki ishchi ishlayotgan joyidan biror bir sabab bilan (masalan, kasallik, ta'til) uzilish ro'y bersa, shuningdek, ish joylarida kasb kasalliklari va baxtsiz hodisalar yuz bersa shunday yo'riqnorna o'tkazilishi mumkin. O'xshash korxonada avariya sa-babli baxtsiz hodisa ro'y berganligi haqida xabar eshitilgandan keyin ham rejadan tashqari yo'riqnoma o'tkaziladi.
Kundalik yo’riqnoma. Kundalik ruxsatnoma bilan bajarilgdigan xavfli ishlar uchun ish boshlashdan oldin o'tkaziladi. Bu yo'riqnoma oikazilganligi haqidagi ma'lumot kundalik ruxsatnomaga yozib qo'yiladi.
8. Mehnatni muhofaza qilish kabineti
Sanoat korxonalarida mehnatni muhofaza qilish masalalarini targ'ibot qilish va xavfsizlik texnikasi yo'riqnomalaridan o’tkazish maqsadida mehnatni muhofaza qilish kabineti tashkil qilinadi. Bu kabinetlarning hajmi mashinasozlik sanoatida ushbu korxonada mehnat qilayotgan ishchilar soniga qarab belgilanadi.
Mehnatni muhofaza qilish kabinetlaridan quyidagi hollarda foydalaniladi:
Ishga yangi kirayotgan ishchi va xizmatchilarni xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi bo'yicha yo'riqnomalardan o'tkazish, shuningdek, bu yerda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari talabalarini ishlab chiqarish amaliyoti vaqtida kirish yo'riqnomasidan o'tkazish.
Xavfsizlik texnikasi bo'yicha maxsus bilim talab qiladigan ishlarda mehnat qilayotgan ishchilar bilan suhbatlar o'tkazish, korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan dastur bo'yicha muhandis-texnik xodimlar va kasaba uyushmasi faollari bilan mehnatni muhofaza qilish masalalarida seminarlar o'tkazish.
Mehnatni muhofaza qilish haqidagi kinofilmlar namoyish qilish, suhbatlar o'tkazish va ma'ruzalar uyushtirish.
Sanoatda jarohatlanish va kasb kasalliklarini kamaytirish sohasidagi korxona yutuqlarini va turdosh korxonalar yutuqlarini ko'rsatuvchi vistavkalar tashkil qilish.
Mashinasozlik sanoatida mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilashi mumkin bo'lgan, ishlab chiqarishning yangi usullari, yangi materiallar, ishlab chiqarish jarayonlari fan va texnikaning yutuqlarini targ'ib qilish.
Mehnatni muhofaza qilish kabineti yangi zamonaviy modellar bilan jihozlanishi, ko'rgazmali qurollar (plakatlar, sxemalar, maketlar, natural eksponatlar, diafilmlar) bilan ta'minlanishi ishchi va xizmatchilarni kirish yo'riqnomasidan otkazish va muhandis-texnik xodimlar bilan seminar o'tkazishga kerak bo'ladigan uslubiy ko'rgazmalar, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish ma'lumotnomalari va targ'ibotning texnik vositalari (kinoproektor, diaproektor, epidioskoz, filmoskoz va boshqalar) bilan jihozlanishi, o'qish-o'rgatish qurollari bo'lishi kerak.
Mehnatni muhofaza qilish kabinetdagi ko'rgazmali qurollar sanoat korxonasining ishlab chiqarish xususiyati va unda mehnat qilayotgan ishchilar soniga, shuningdek, kelajakda rivojlanish re-jasiga bog'liq. Har qanday holda ham mehnatni muhofaza qilish kabinetida quyidagi bo'limlar bo'lishi shart:
— umumiy bo'lim, bu bo'lim mehnatni muhofaza qilishning hamma ishlovchilar uchun taalluqli bo'lgan asoslaridan tashkil topadi. Bu bo'limga mehnatni muhofaza qilish qonunlari, mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi, sanoat korxonalarini shamollatish, sanoat korxonalarini yoritish masalalari, shovqin va tit-rashdan saqlanish, shaxsiy muhofaza vositalari, texnika xavfsizligini asosiy vositalari, elektr xavfsizligi, yong'in xavfsizligi;
— maxsus bo'lim, bunda xavfsizlik texnikasi va ish sharoitini sog'lomlashtirishning asosiy ishlab chiqarish jarayonlari. bo'yicha aks ettirilishi, masalan, metallarga qirqib ishlov berish, metallaiga bosim bilan ishlov berish, elektr va gaz bilan payvandlash, sanoatda xavfsiz ish olib borish nazorati obyektlarini ishlatish va boshqalar.
Kabinet ish rejalarini va eksponatlar tarkibini korxona bosh muhandisi tasdiqlashi kerak.


Yüklə 30,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin