Amaliy mashg’ulot №7 Mavzu: Qafas moslamalarida iliq suv baliqlarini yetishtirish texnologiyasi Darsning maqsadi



Yüklə 15,96 Kb.
tarix25.06.2023
ölçüsü15,96 Kb.
#135074
Qafas 7-A 3-k (1)


Amaliy mashg’ulot №7
Mavzu: Qafas moslamalarida iliq suv baliqlarini yetishtirish texnologiyasi
Darsning maqsadi. Talabalarga Qafas moslamalarida iliq suv baliqlarini yetishtirish texnologiyasi haqida ma’lumot berish va ularning ahamiyatini tushintirish.
Kerakli materiallar: mavzuga tegishli tarqatma materiallar, rasmlar, slaydlar, baliq turlaridan tayyorlangan preparatlar.
Darsning mazmuni
Baliqlarning oʻsish va rivojlanishiga sezilarli ta’sir qiladigan omillardan biri bu suv havzasidagi suvning harorati hisoblanadi.
Koʻpchilik baliqlarning tana harorati ular yashayotgan suvning harorati bilan deyarli bir xil yoki undan 0,5-1oC farq qiladi, xolos. Faqat tuns (okunlar oilasiga mansub, yirik yirtqich baliq) baliqlarining tana harorati ular yashaydigan suv haroratiga nisbatan 10oC yuqori boʻlishi mumkin. Havzalardagi suv harorati keskin oʻzgaruvchandir. Yer yuzidagi chuchuk suvli havzalarda yil davomida harorat 0,1oC dan +30oC gacha, dengizlarda esa 1,8oC dan +35oC va undan ham yuqoriroqqa oʻzgarib turadi. Okun, karp, karas, leshch, sazan, lin kabi baliqlar suv haroratining keng chegaralaridagi oʻzgarishlarda ham yashay olsalar treska, kambala kabi baliqlar harorati juda katta boʻlmagan oʻzgaruvchan tropik va qutb dengizlaridagi suvlarda yashay oladilar.
Baliqlar tanasidagi barcha hayotiy jarayonlar me’yorda kechadigan sharoit maqbul sharoit deb qabul qilingan. Ushbu maqbul harorat sharoitidan kelib chiqib, barcha baliqlar shartli ravishda iliq suvli va salqin suvli baliq turlariga boʻlinadilar.
Iliq suvli baliqlar (osyotr, sevryuga, beluga, strelyad, sazan, leshch, sudak, karp, karas, lin va b.), odatda suvning harorati 13-20oC, ayrimlari 17-22oC da jinsiy hujayralar beradilar. Suvning harorati 18-25oC boʻlganda, ularning ishtaxasi eng yuqori boʻladi.
Iliq suvli baliqlar xiliga mansub karp zotli baliqlar harorat 12oC boʻlganda urchimaydi va ozuqalarni ham ishtaxa bilan iste’mol qilmaydi. Harorat 10oC va undan ham pastroq boʻlganda qabul qilgan ozuqalarning hazm boʻlishi yanada sekinlashadi. Harorat +2….+4 oC gacha pasayganda ularning ozuqalarni iste’mol qilishi va oʻsishi deyarli toʻxtaydi, nafas olishi va qon aylanishi sekinlashadi. Bu paytda ular suvning pastki qatlamiga joylashib oladilar, boshqacha qilib aytganda qishki uyquga ketadilar. Qishda baliqlarning hayot faoliyati ularning tanasida yoz mavsumida toʻplangan yog’ zaxirasi hisobiga kechadi. Bahor kelishi, suv haroratining koʻtarila borishi bilan ularning tanasidagi hayotiy jarayonlar tiklana boshlaydi. Suv haroratining 25-26oC dan oshib ketishi ham karp zotli baliqlarning hayot faoliyatini buzadi. Ularning harakati sekinlashadi, nafas olishi tezlashadi. Ozuqalarni izlashi va iste’mol qilishi pasayadi, natijada oʻsishi susayadi.
Suv haroratining oʻta tez oʻzgarishi baliqlar tanasida qotib qolish holatini yuzaga keltiradi va ularning oʻlib qolishiga sabab boʻladi. Suvning haroratiga koʻra undagi erigan kislorod miqdori oʻzgaradi. Agarda harorat pasaysa, suvdagi erigan kislorod miqdori koʻpayadi, koʻtarilsa, kamayadi. Suvdagi barcha baliqlar uchun ozuqa manbayi hisoblanuvchi organizmlarning oʻsishi va rivojlanishi ham suvning harorati bilan uzviy aloqadadir.
Suvning harorati maxsus temir g’ilofga oʻrnatilgan suv haroratini oʻlchagich termometr yordamida aniqlanadi.
Laqqa- silurus glanus issiq suvni sevadigan issiqsevar baliq-sevimli suv harorati 24oC laqqa yetishtirish Oʻzbekiston sharoitida unchalik uzoq muddatni talab qilmaydi, bor-yoʻg’i 4 oy. Laqqalar sadok sharoitida qishlaydimi yoʻqmi, hali aniq emas. Oʻzbekiston suv havzalari laqqa uchun shimoliy hudud hisoblanadi, bu oddiy yoki yevropa laqqasi. Bu tur Toshkentga 1980 yilda keltirilgan va hozirgi kunga qadar muvaffaqiyatli nasl bermoqda.
Oddiy laqqa-yirtqich baliq. Uni yetishtirish uchun balanslashgan sanoatbop omixta yem nihoyatda zarur. Oddiy laqqa koʻp xususiyati bilan karpga oʻxshaydi, chunki karp ham balanslashgan omixta yemni xush koʻradi. Oddiy laqqa mahalliy oziqadan dukkaklilarni xush koʻradi. Shu xususiyati bilan oddiy laqqa baliqshunoslar uchun ancha qiziq.
Yüklə 15,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin