Multimediali tarmoqlarning modelini tayyorlashning matematik usullari Multimediali tarmoqlarni tahlil qilish va loyihalash vazifalari ixtisoslashgan dasturiy vositalarni ishlab chiqishni va ularning modelini tayyorlashning maxsus texnologiyalaridan foydalanishni talab etadi. Matematik modellashtirishning instrumental vositalaridan foydalanish texnologiyasi o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:
tadqiq etilayotgan tizimni tahlil qilish va uni modellashtirishning maqsadlarini shakllantirish;
tadqiq etilayotgan tizim parametrlarining zarur to‘plamini tavsiflovchi konseptual modelni (KM) tuzish;
konseptual model ob’ektlarini dasturiy modelning ob’ektlari to‘plamiga akslantirishdan iborat bo‘lgan tadqiq etilayotgan tizimning dasturiy modelini (DM) tuzish;
dasturiy model bilan tajriba o‘tkazish (uning dasturiy kodini bajarish);
modellar bilan o‘tkazilgan tajribalarning natijalarini tahlil qilish va talqin qilish;
loyihaviy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
Tekshirilayotgan tizimning konseptual va dasturiy modellarini tuzish mos ob’ektlar to‘plamini (modelli va dasturiy) tanlashdan va ular o‘rtasida, tadqiq etilayotgan tizim elementlari aloqalari tuzilishiga mos keluvchi, aloqalar tuzilmasi o‘rnatilishidan iborat.
Multimediali tarmoqlarning matematik modelini tayyorlash tizimida matematik model ma’lum bir tanlangan konseptual model doirasida tavsiflanadi. Konseptual model – modeli tayyorlanayotgan tizimning kirish paramterlari to‘plamini, faoliyat yuritish algoritmlarini, shuningdek, modelni tayyorlash maqsadlari – model tayyorlanadigan tizimning tadqiq etilayotgan parametrlari to‘plamini tavsiflovchi matematik ob’ekt. Konseptual modelga mos ravishda dasturiy model qo‘yiladi (model tayyorlashda foydalaniladigan ob’ektlarning ma’lum bir tuzilmasi bo‘lib, u konseptual modelni dastur ko‘rinishida amalga oshiradi).
3.2-rasm. Multiservisli tarmoqlarning matematik modelini tayyorlashning umumiy sxemasi
Ishlab chiqilgan dasturiy modelning kompyuterda bajarilishi model bilan modelli tajriba sifatida aniqlanadi. Modelli tajriba modeli tayyorlanayotgan parametrlarning baholarini berilgan aniqlikda hisoblashni ta’minlaydi. Multimediyali tarmoqlarni tahlil qilish masalalarining murakkabligi, murakkab tizimlarning matematik modelini tayyorlash usullarining rivojlanish darajasi, hisoblash texnikasi unumdorligining darajasi va modellarni tayyorlash dasturiy vositalarining rivojlanish darajasi gibrid model tayyorlash usullaridan foydalanish ehtiyojini yuzaga keltiradi. Gibrid modellardan foydalanishning dolzarbligi yana shu bilan tasdiqlanadiki, multimediyali tarmoqlarning tadqiq etilayotgan parametrlarining barcha to‘plamini matematik modellarning bir sinfida adekvat ravishda tavsiflash, undan tashqari sonli baholarni olish amaliy jihatdan mumkin emas.