3.6. Nazariy qism IP tarmoqda multimediali trafikni uzatish jarayonini modellashtirish Multiservis tarmoqlar ko‘p miqdordagi abonentlarning IP-telefoniya, audio va videodasturlarni, televideniya ko‘rsatuvlar kabi turli xil multimediyali hizmatlarga talab bo‘yicha haqiqiy vaqt miqyosida foydalanishlarini ta’minlashga qodir. Multimediyali hizmatlarni taqdim etish sifati ma’lumotlarni uzatishda kechikishlarga va hizmatlarni taqdim etuvchi axborot serveri bilan abonent o‘rtasidagi dispersiyaga sezgirdir.
Quyida ko‘rib chiqilayotgan modelda hizmat ko‘rsatish sifati QoS (Qualitu of Service) parametrlarini baholash uchun lokal IP-tarmoqda o‘rnatilgan transport ulanish bo‘yicha videotrafikni uzatish keltirilgan. Bu model telekommunikatsiya tarmoqlarini analitik modellashtirish usuliga asoslangan.