Amaliy mashg‘ulot materiallari. 1– amaliy mashg‘ulot signallarning uzatish sathi. Logarifmik o‘lchov birliklari



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə9/12
tarix02.06.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#122057
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1-3 AMALIY topshiriq uchun

Konseptual model. Videodasturlarni mahalliy IP-tarmoq orqali uzatish jarayonini ko‘rib chiqamiz. Tarmoqning kommutatsiya muxiti (5.1-rasm) odatdagi besh qavatli uyning tarmog‘iga ulanish uchun eng ma’qul bo‘lgan, CISCO firmasining masalan, Catalysi 351 2XI (yoki Catalysi 352 4XI yoki Catalysi 354 8XI) faol kommutatori asosida tashkil etilgan. Abonentning shaxsiy kompyuteri asosida tashkil etilgan ishchi stansiyasi kommutatorga IFFF8023.34 standartga muvofiq Fast Ethernet porti orqali ulangan. Bunday port orqali ma’lumotlarni maksimal uzatish tezligi 100 Mbit/s ni tashkil etadi. Axborot serveri kommutatorga IFFF8023.37 standartiga muvofiq Gigabit Ethernet porti orqali ulangan. Bunday port orqali maksimal uzatish tezligi 1000 Mbit/s ni tashkil etadi.



3.1-rasm. Talab bo‘yicha video servisni taqdim etish uchun telekommunikatsiya tizimining tuzilishi


Faraz qilaylik, tarmoq abonentlari buyurtma qilingan videodasturlarni qabul qilish uchun axborot serveridan foydalanadilar. Shu maqsadda ular server bilan ulanishni o‘rnatadilar. Byudjet identifikatsiya qilinganidan va tekshirilganidan so‘ng ularni qiziqtiruvchi video dasturlar tanlab olinadi va ularni haqiqiy vaqt masshtabida o‘z ishchi stansiyalarida ko‘rishni boshlaydilar. Faraz qilaylik, vaqtning qandaydir daqiqasida N-abonentlar bir vaqtda server bilan TCP-transport ulanishni o‘rnatishdi va tanlangan dasturlarni ko‘rishmoqda, deylik.
Tarmoqda shunday topologiya bilan bunday serverni taqdim qilish sifati parametrlarini baholash uchun model ishlab chiqilgan bo‘lib, ular rasmda keltirilgan quyidagi parametrlar sinfini hisobga oladi:

  1. axborotli yuklanish parametrlari;

  1. texnik parametrlar;

  1. dasturiy parametrlar.

Axborotli yuklanish parametrlari. Abonentga olib ko‘rsatilayotgan video oqim MPEG standartiga muvofiq raqamli ko‘rinishda kodlanadi. Bu standartga muvofiq tasvirni regeneratsiyalash chastotasi sekundiga 26 yoki 30 ta kadri bo‘lgan raqamli videooqim, video kadrlarning /W/Z guruhli ketma-ketlikdan iborat (GOP – group of puctures). Har bir guruh qayd qilingan uzunlikka va tuzilmaga ega. Har bir guruh tarkibida uch turdagi videokadrlar ajratiladi (VOP – Obyect Plang):

  • I – kadr (tayanch);

  • P – kadr (bashorat qilingan);

  • B – kadr (ikki tomonga yo‘naltirilgan).

Videooqimning har bir guruhi undagi yagona I-kadrdan boshlanadi. Videooqimning M-parametri guruhdagi kadrlarning umumiy sonini, Z-parametr esa P-kadrlar orasidagi intervalni aniqlaydi. Modelda hisobga olinadigan axborot yuklangan paramterlari 5.1-jadvalda keltirilgan.
Tarmoqning texnik parametrlariga quyidagilar tegishli bo‘ladi: foydalanilayotgan telekommunikatsiya muhitining tarkibi va tuzilmasi, foydalaniladigan aloqa liniyalari parametrlari (uzunligi, o‘tkazish qobiliyati, shuningdek bitga xatolik ehtimolligi (BER)), foydalanilayotgan hisoblash texnikasi vositalarining (axborot serveri va ishchi stansiyalar) unumdorligi, foydalanilayotgan kommutatsion qurilmaning unumdorligi (kommutatsion matrisaning unumdorligi va kommutatorning bufer xotirasi hajmi). Tarmoqning texnik parametrlari ro‘yhati 3.1-jadvalda keltirilgan.
3.1-jadval
Foydalanuvchining ishchi stansiyasiga keladigan videotrafikning paramterlari

i-foydalanuvchi uchun videotrafik tavsiflari

i-foydalanuvchi uchun VOP kirib kelishi intensivligi, λi vop

λi vop = 25 VOP/s



VOP ning o‘rtacha o‘lchami, Si vop

Si vop = 360 240 piksel

I:P:B kadrlar kodlash sxemasi

1:1R:4V:K

Kadrlarning tavsifi



I

i-foydalanuvchi uchun 1-kadrlarning kelib kirishi intensivligi, λi 1

λi 1 =1,67kadr/s



1-kadrning o‘rtacha o‘lchami, Si1

Si1 =1457 bayt

P



i-foydalanuvchi uchun R-kadrlarning kirib kelishi intensivligi λi 0

λi 0 = 6,67 kadr/s



P-kadrning o‘rtacha o‘lchami, SiP

SiP = 486 bayt

B



i-foydalanuvchi uchun V-kadrlarning kirib kelishi intensivligi λi V

λi V =16,67 kadr/s



V-kadrning o‘rtacha o‘lchami, SiV

SiV = 182 bayt

Tanlangan videodasturni raqamli uzatishni tashkil etish uchun abonentning ishchi stansiyasida mijoz va raqamli video ko‘rsatuv serveri o‘rtasida TCP - ulanish o‘rnatiladi. Videokadrlar TCP - segmentga kiritiladi va IP-paketlar ko‘rinishida tarmoq bo‘ylab ishchi stansiyagacha uzatiladi. Uzatishda bu IP-paketlar tasodifiy kechikichlarga uchraydi, ular noto‘g‘ri qabul qilinishi yoki yo‘qotilishi mumkin. Bularning hammasi tegishli TCP-segmentlarning takroriy uzatilishini yuzaga keltiradi va videokadrlarning qo‘shimcha kechikichiga, shuningdek ularning qayta tartibga solinishiga sabab bo‘ladi.


3.2-jadval
Telekommunikatsiya muhitining texnik parametrlari

Kommutatordan i-ishchi stansiyasigacha zveno

Li masofa

li = 100 m

O‘tkazish qobiliyati,

Vi = 106bit/s

BER, g1

Pi = 10-6 B1

Kommutatordan servergacha zveno

Ix masofa

Ix = 1000 m

O‘tkazish qobiliyati,Vx

Vx = 109 bit/s

BER, Px

Px = 10-6 B-1

Server

Unumdorlik, Vsv

Vs = 106 MFL OP/s

i-ishchi stansiya

Unumdorlik, Vi

Vi = 105 bit/s

Kommutator

O‘tkazish qobiliyati,VSw

VSw=4.8 Mp/s

Kommutatorning bo’linadigan xotira o’lchami SM

SM=4 Mb

Kommutator porti 100BaseT

O‘tkazish qobiliyati (paketlar/s), Vi

Vi=14880 p/s

Kommutator porti 1000BaseX

O‘tkazish qobiliyati (paketlar/s), Vx

Vx=1488000 p/s

Dasturiy parametrlarga quyidagilar kiradi: turli darajadagi ma’lumotlarni uzatishda qo’llaniladigan protokollar, TCP/IP protokollini turli tipdagi paketlarini maksimal o‘lchamlari, bu paketlarda bo‘lgan hizmat axborotlarining o‘lchamlari, TCP ulanishlarini boshqarish tadbirlaridagi darchalarning o‘lchamlari, bu transport ulanishlarning vaqt davomiyligi. Tarmoqning dasturiy parametrlarining ro‘yxati 3.3-jadvalda keltirilgan.


Aborot parametrlarining qiymatlari umumiy raqamli videooqimlar statistikasiga mos keladi. Yuqorida tavsiflangan lokal tarmoqning faoliyat yurtishining asosiy algoritmlari, shuningdek asosiy texnik va dasturiy parametrlarning qiymatlari, kommutatsion qurilmaning tegishli standartlari va texnik harakteristikalarining tavsifidan olingan.
3.3-jadval
Tarmoqning dasturiy parametrlari

Qo’llaniladigan protokollar



Transport sathi

TCP

Tarmoq sathi

IP

Kanal va fizik sath

IEEE.802.3u

IEEE.802.3Z

Protokollar parametrlari



TCP-segmentning maksimal o’lchami, siTCP

1500 bayt

IP-paketning maksimal o’lchami, siIP

1500 bayt

MAC-kadrning maksimal o’lchami, siMAC

1536 bayt

TCP-oqimlarini boshqarish oynasini o’lchami, τw

τw=500ms

TCP-taymoutni o’lchami, τTO

τTO=200ms

TCP-segmenti sarlavhasining o’chami, sTCP

sTCP=20bayt

IP-paketi sarlavhasining o’chami, sIP

SIP=20bayt

Tasdiqlanish paketining o‘lchami sAck

SAck=20bayt

MAC-kadrning sarlavha o’lchami, sMAC

SMAC=20bayt

Serverning dasturiy parametrlari

Bitta I-kadrni uzatish uchun serverga zarur MFLOPni o’rtacha soni – αISv

αISvvSv-1=0.05mls

Bitta P-kadrni uzatish uchun serverga zarur MFLOPni o’rtacha soni – αPSv

αPSv vSv-1=0.03mls

Bitta B-kadrni uzatish uchun serverga zarur MFLOPni o’rtacha soni – αBSv

αBSv vSv-1=0.02mls

Bitta tasdiqqa ishlov berish uchun serverga zarur MFLOPni o’rtacha soni – αAckSv

αAckSv vSv-1=0.02mls

i-ishchi stansiyaning dasturiy parametrlari

Bitta I-kadrni qabul qilish uchun i-ishchi stansiyaga zarur MFLOPni o’rtacha soni – αIi

αIi=0.5mls

Bitta P-kadrni qabul qilish uchun i-ishchi stansiyaga zarur MFLOPni o’rtacha soni – αPi

αPi=0.3mls

Bitta B-kadrni qabul qilish uchun i-ishchi stansiyaga zarur MFLOPni o’rtacha soni – αBi

αBi=0.2mls




Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin