Amaliy mashg’ulot Mavzu: Microsoft Access interfeysi bilan tanishish. Ma’lumotlar bazasi tashkil qilish Ishning maqsadi



Yüklə 182,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix19.04.2023
ölçüsü182,85 Kb.
#100400
1   2   3   4
1 Amaliy

Tuzilmalashtirilmagan bu ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv 
bo‘lmasa, u holda ular tuzilmalashtirilmagan deyiladi.
Tuzilmalashtirilgan – bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuv 
bo‘lsa, u holda ular tuzilmalashtirilgan deyiladi.
Ma’lumotlarni tuzilmalashtirilmaganiga quyidagicha misol keltirish mumkin: 
o‘quvchi (Familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, telefon raqami) 
haqidagi axborotdan iborat ma’lumotlarga quyidagicha yozilgan axborotni 
ko‘rsatish mumkin: Familiyasi – Nazarov, Ismi – Nodir, Otasining ismi – 
Axmedovich, Yashash manzili – Navoiy shahar, Telefon raqami +998947777777
Ushbu ma’lumotlarni jadval ko‘rinishga keltirsak tuzilmalashtirilgan 
ma’lumotga aylanadi: 
T/r 
Familiyasi Ismi 
Otasining ismi 
Yashash manzili 
Telefon raqami 


1. 
Nazarov 
Nodir 
Axmedovich 
Navoiy shahar 
+998947777777 
 
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari 
MOni tashkil qilish, ularga qo‘shimcha ma’lumotlarni kiritish va 
ma’lumotlardan foydalanish uchun maxsus MOlar bilan ishlaydigan dasturiy 
ta’minotlar yaratilishi zarur bo‘ladi. Bunday dasturlar majmuasi ma’lumotlar 
omborini boshqarish tizimlari deb yuritiladi.
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi (MOBT) –foydalanuvchilar 
tomonidan MOni yaratish, to‘ldirish va birgalikda qo‘llash uchun mo‘ljallangan 
dasturiy vositalar tizimidir.
MOBTlariga MS Access, OpenOffice.org Base, Cache, IMS, Firebird, MySQL 
kabi dasturiy vositalar misol bo‘ladi. 
MOBTning asosiy xususiyatlari – bu nafaqat ma’lumotlarni kiritish va 
saqlashda ishlatiladigan protseduralar tarkibi bo‘lmasdan, ularning strukturasini 
ham tasvirlaydi. Ma’lumotlarni o‘zida saqlab va MOBT ostida boshqariladigan 
fayl oldin ma’lumotlar banki, keyinchalik esa “Ma’lumotlar ombori” deb yuritila 
boshlanadi.
MO yaratishda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak: ma’lumotlar turi, 
ko‘rinishi ularni qo‘llaydigan dasturlarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim; ma’lumotlar 
ombordagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror dasturni tuzishga 
hojat qolmasligi lozim. 
Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda deyarli barcha MOBT asosan 
relyatsion modellar asosida tashkil qilinmoqda. Shu sababli, Microsoft Office 
korporatsiyasi ham eng ommalashgan dasturiy vositalarini yaratmoqda. Bu 
dasturiy vositalar ixtiyoriy sohada yuqori darajadagi professional hujjatlar 
tayyorlash imkonini beradi. Shulardan biri MOlar bilan ishlashga mo‘ljallangan 
Microsoft Access dasturidir. 

Yüklə 182,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin