MAVZU: .TA`LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI.TA`LIMJARAYONIDAAXBOROTTEXNOLOGIYALARININGTUTGANO`RNI.
Amaliymashg‘ulotningmaqsadi: Talabalarga Ta`lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarining qo`llanilish usullarini tushuntirish.
Nazariyqism: Zamonaviyaxborottexnologiyasi (kompyuter axborot texnologiyasi) – personal kompyuter va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanuvchining do`stona «interfeysi» axborot texnologiyasidir (8.1-jadval). Ma’lum bir turdagi kompyuter uchun mo`ljallangan bir yoki bir necha o`zaro bog`liq dasturiy mahsulotlar zamonaviy axborot texnologiyalarining vositasi sanaladi.
Zamonaviyaxborottexnologiyalariningasosiytavsifi
turli axborot tizimlarida mashinali modellashtirish;
axborot almashuvining tarmoq texnologiyasi (dialog yuritish, video va telekommunikatsiya, elektron pochta, videoteka, teleteka, elektron gazeta);
taqsimlangan tarmoq tizimlarida ma’lumotlarni multiprotsessor asosida qayta ishlash;
mahalliy, mintaqaviy va halqaro tarmoqlar bo`yicha axborotni tezkor tarqatish.
Axborot texnologiyasining bazaviy texnologiyasi quyidagilar: texnik ta’minot texnologiyasi, telekommunikatsiya texnologiyasi, dasturiy ta’minot texnologiyasi. Bu texnologiyalar hisoblash tizimlari va tarmoqlari arxitekturasining aniq variantlari doirasida birgalikda harakat qiladi va birlashadi. Ularning ayrimlari axborot texnologiyasi rivojlanishida hal qiluvchi rol o`ynaydi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari rahbarlarga, mutaxassislarga, texnik xodimlarga axborotni qayta ishlash va qaror qabul qilishda, o`z vaqtida ishonchli va kerakli hajmda axborot olish, avtomatlashtirilgan
ofislar tashkil etish, kompyuterlar va aloqa vositalarini qo`llagan holda tezkor majlislarni o`tkazish uchun mo`ljallangan zamonaviy axborot tizimlarini yaratish imkonini beradi.
Jahondagi iqtisodiy vaziyatni tahlil etish shuni ko`rsatmoqdaki, jahon iktisodiy tizimi zamonaviy axborotlashgan jamiyatga kirib borayapti. Bunday jamiyat elektron mehnat qurollariga asoslangan bo`lib, sifat jihatidan yangi boshqarish apparati hamda axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalaridan keng miqyosda samarali foydalanish kabi jihatlari bilan tavsiflanadi. Kirib kelgan yangi asrda jahon mamlakatlari iqtisodiy o`sishining asosiy sharti – bu ularning barcha sohalarni qanchalik darajada kompyuterlashtirishi bo`lib qoladi.