Amaliy mashg’ulot Qon sporalilari Plasmodium


Piroplazmidalar (Cpiroplasmipa)



Yüklə 29,4 Kb.
səhifə4/4
tarix25.01.2023
ölçüsü29,4 Kb.
#80751
1   2   3   4
Amaliy mashg-6

Piroplazmidalar (Cpiroplasmipa) turkumi vakillari sutemizuvchilarning qonida parazitlik qiladi. Bu turkum vakillarining rivojlanishi ham 2 ta xo'jayinda, ya’ni asosiy xo'jayinlari qon so'mvchi yaylov kanalari va oraliq xo'jayinlari - turli uy va yovvoyi sutemizuvchilarda o'tadi. Bu turkumga 170 dan ortiq tur kiradi. Ikkita oilasi bor, ya’ni babezidlar (Babesidae) vateyleridlar (Theileridae). Babeziu va teyleridlarning barcha vakillari eritrotsitlarda parazitlik qilib, qoramollar, otlar, tuyalar, cho'chqalar va itlarga katta zarar yetkazadi. Kasallangan hayvon qonini so'rgan kana paraziti o'ziga yuqtiradi. Kanalar organizmida jinsiy gametalar yetilib, ular o'zaro qo'shiladi va zigota-ookineta hosil bo'ladi. Ookineta kana tuxumdoniga va tuxumdonda rivojlanayotgan tuxumlarga o'tib sporotsistaga aylanadi. Sporotsista ichida esa sporozoitlar rivojlanadi. Sporozoitlar kanalarning so'lak beziarida ham to'planadi. Bunday kanalar sog'lom hayvonlarga yopishib ularning qonini so'rganda sporozoitlar kana so'lagidan mahsuldor hayvonlar qoniga o'tadi. Sporozoitlar eritrotsitlarda jinssiz ikkiga bo'linish yo'li bilan ko'payib, piroplazmidoz kasalligini qo'zg'atadi. Bu kasallik chorvachilikka katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Kasallangan mollarning 40—50%i nobud bo'ladi. Piroplazmidozga qarshi kurashish uchun uning tarqatuvchisi - yaylov kanalarini qirib, kasallangan mollarni davolash lozim.
Kipriklilar (Cilophora) yoki Infuzoriyalar (Infusoria) tipi vakillari ko'lmak suvlardan tortib dengiz, okeanlargacha bo'lgan hamma suvlarda va nam tuproqlarda uchraydi. 7500 ga yaqin turi bor. Ba’zi turlari esa umurtqasiz va umurtqali hayvoniarda hamda odamlarda parazitlik qiladi. Kiprikli infuzoriyalar sinfidan biri ixtioftirius (Ichthyophthirius multifilus) baliq terisi vajabrasiga kirib, yara hosil qiladi.Bu parazitning yosh individlari baliq terisiga vajabrasiga chuqurroq o'rnashib, faol ovqatlanadi va kattalashadi. Ma'lum vaqtdan keyin parazit baliq tensidan ajraiib suvga chiqadi va sistaga o'raladi. Sistada esa ko'payish boshlanadi. Yadrosining ketma-ket bo'linishi tufayli 2000 tagacha yangi harakatchan yosh parazitlar rivojlanadi. Sistadan tashqariga chiqqan yosh ixtioftiriuslar yana baliqlar terisi va jabrasiga yopishib o ‘z taraqqiyotini davom ettiradi. Bu parazit keltirib chiqaradigan kasallikdan yosh baliqchalarning 90-100 %i nobud bo'ladi. Ixtioftiriuslardan, ayniqsa, zog'ora baliq, gulmohi, do'ngpeshona, oq amur va losossimon baliqlar ko'p zarar ko'radi. Shuningdek, bu sinfga odam va hayvonlar organizmida parazitlik qiluvchi Balantidium coli ham kiradi (15-rasm). Uning tanasi loviyasimon bo'lib, odamning yo'g'on ichagi devorida parazitlik qilib, jarohat hosil qiladi va xavfli qonli ichburug' kasalligini vujudga keltiradi. Odamlarga bu parazitlar cho'chqalar orqali yuqadi. Chunki, balantidiy cho'chqa, sichqon va kalamushlar ichagida ham parazitlik qiladi. Cho'chqalarning tezagi orqali parazitning sistalari tashqariga chiqadi va odamlar bu sistalami yutib. Balantidiy bilan kasallanadi. Demak, balantidioz bilan ko'pincha cho'chqachilik fermalarida va kolbasa tayyorlash korxonalarida ishlaydigan xodimlar kasallanadi.


Mavzu bo’yicha topshiriqlar:

  1. Sporalilar (Sporozoa) tipiga qanchadan ortiq tur kirib.

  2. Piroplazmidalar (Cpiroplasmipa) turkumi.

  3. Kipriklilar (Cilophora) yoki Infuzoriyalar (Infusoria) tipi vakillari


Yüklə 29,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin