Amaliy mashg’ulot Qon sporalilari Plasmodium


Sarkosporidiyalar (Sarcosporidia)



Yüklə 29,4 Kb.
səhifə3/4
tarix25.01.2023
ölçüsü29,4 Kb.
#80751
1   2   3   4
Amaliy mashg-6

Sarkosporidiyalar (Sarcosporidia) ya'ni go'sht sporalilar urug'ining ham bir qancha turlari bo'lib, ular ayrim uy hayvonlari, ya'ni qoramollar, cho'chqalar va parrandalar hamda yovvoyi hayvonlarning muskullarida parazitlik qiladi. Ular go'shtda uzun xalta shaklida 0,5-5 mm kattalikdagi sistalar hosil qiladi. Sistalar ichida esa yuzlab chuvalchangsimon bir yadroli merozoitlar bo'ladi.Go'sht sporalilarning rivojlanishi koksidiyalarnikiga o'xshash. lekin rivojlanishi ikkita xo'jayinda ketadi. O'txo'r sutemizuvchilar va parrandalar parazitning oraliqxo'jayinlari, yirtqich sutemizuvchilar (mushuklar, itlar) va odamlar esa asosiy xo'jayinlari hisoblanadi. Oraliq xo'jayinlar organizmida parazit jinssiz-shizogoniya yo'li bilan va asosiy xo'jayinlari organizmida jinsiy usulda ko'payadi.Go'sht bilan asosiy xo'jayini organizmiga tushgan sistalardan juda ko'p sistazoidlar chiqadi va ular ichak epiteliysi hujayralariga kirib oladi. Hujayra ichida mikro va makrogarnontiar. ulardan esa mikro va makrogametalar yetishib chiqadi.Urug'ianishdan keyin hosil bo'lgan zigota po'stga o'ralib ootsistaga aylanadi. Har bir ootsista ichida 2 tadan spora hosi! bo'ladi. Yem-xashak bilan oraliq xo'jayinining organizmiga tushgan ootsistalardan sporozoitlar chiqadi. Sporozoitlar qon orqali qon tomirlari devoriga, so'ngra muskuiiarga o'tib, tezda ko'payadi va xaitaga o'xshash yirik sistalami hosil qiladi.Go'sht sporalilari bilan zararlangan hayvonlarda, odatda, kasallanish alomatlari kam seziladi.
Qon sporalilar (Haemosporidia) turkumi vakillari odam va issiq qonli hayvonlarning qizil qon hujayralari - eritrotsitlarida parazitlik qiladi. Bu turkumga 100 ga vaqin tur kiradi. Qon sporalilar koksidiyalar singari hujayra ichida yashaydigan parazitlar bo'lsada,lekin ularning hayot sikli bir necha xo'jayinda o'tadi, Masalan, bu turkumning eng muhim vakili odamda bezgak kasalligini keltirib chiqaradigan bezgak plazmodiysining rivojlanishi ikkita xo'jayinda o'tadi. Jinssiz rivojlanishi hamda makrova mikrogametotsitlar odam qizil qon tanachalarida yetishadi. Bezgak chivinida (Anopheles) esa jinsiy rivojlanish ketadi. Koksidiyadan farq qilib, bezgak plazmodiylarning hayot sikli xo'jayinlar (chivin va odam) organizmida o'tadi, tashqi muhitga chiqmaydi. Odamlar orasida bezgak kasalini tarqatuvchi sporalilar plasmodium deyiladi. Bu kasallik eramizdan oldin ham ma’lum bo'igan. U vaqtlarda bu kasallikning kelib chiqish sababi va odamlarga yuqish yo'llari aniqlanmagan.Lekin, shunga qaramasdan, bu kasallikning botqoqliklarga aloqasi borligini bilishgan, shuning uchun ham “botqoq isitmasi” deb atalgan.Bezgak plazmodiumlarini birinchi marta 1879-yilda rus olimi V.l. Afanasyev va 1880-yiIda fransuz olimi Alfons Laveren kashf etganlar. Bezgak kasalini chivinlar yuqtirishini esa 1895-yilda ingliz olimi R.Ross va italiyalik olim J. Grassi aniqlashgan.
Odamlarda bezgakning asosan 4 ta turi parazitlik qiladi:
1. Plasmodium vivax - uch kunlik bezgak qo'zg'atuvchisi, ya’ni isitma har 48 soatdan keyin qaytarilib turadi.
2. Plasmodium malariae - to'rt kunlik bezgak qo'zg'atuvchisi, ya’ni isitma har 72 soatdan keyin qaytarilib turadi.
3. Plasmodium falciparum - 24-48 soat oralab xuruj qilib turadigan va ko'pincha juda og'ir o'tadigan tropik bezgak qo'zg'atuvchisidir.
4. Plasmodium ovale - uch kunlik bezgak qo'zg'atuvchisi, ya’ni isitma har
48 soatdan keyin qaytarilib turadi. Bu bezgak qo'zg'atuvchisi juda kamdan-kam Afrika va Osiyo mamlakatlarida uchraydi. Mustaqil davlatlar hamdo'stligi marnlakatlarida bu kasallikning qo'zg'atuvchisi bir marta 1924-yilda Ufa shahrida uchragan. Uch kunlik bezgak plazmodiumining (Plasmodium vivax) rivojlanishi quyidagicha ketadi. Bu parazitning qo'zg'atuvchisi bilan zararlangan bezgak chivini odam qonini so'rganida, chivin so'lagida bo'igan sporozoitlar odam qoniga o'tadi. Bular qon orqali jigar va taloq to'qimalariga keladi. Bu yerda ular oziqlanib, ko'paya boshlaydi, ya’ni yadrolari bir nechtaga bo'linadi, so'ngra yadro soniga qarab, sitoplazma ham o'shanchaga ajraladi va parazitning navbatdagi avlodi - merozoitlar paydo bo'ladi. Keyinchalik, bu merozoitlar qizil qon tanachalariga kirib, gemoglobin plazmasi bilan oziqlanadi.Parazitning eritrotsitlar gemoglobini hisobiga oziqlanib o'sadigan davriga trofozoitlar deyiladi.Eritrotsitlarda rivojlanishning boshlanish davrida trofozoitlar tanasining markazida vakuola boiganligi uchun uzuk shaklida ko'rinadi. Keyinchalik vakuola yo'qoladi va parazit amyobasimon shakliga kiradi. Trofozoitlardan bo‘linib ko’payuvchi shizontlar hosil bo'ladi. Eritrotsitlardagi bir shizont yadrosi bir necha marta bo'iinadi va 12-24 ta merozoitlar yetiladi. So'ngra bu merozoitlar eritrotsitning qobig'ini yemirib, qon plazmasiga o'tadi. Bu hodisa merozoit eritrotsitga kirgandan 48 soat o'tgach sodir bo'ladi va xuddi shu paytda odamni bezgak tutadi.Sababi qon plazmasiga rninglab merozoitlar bilan birga melanin degan zaharli moddalar ham chiqadi va qonni zaharlaydi. Qon plazmasidagi merozoitlar yana qaytadan sog'lom eritrotsitlarga kirib, jinssiz rivojlanishni yangidan boshlaydi. Bir necha bor shizogoniya usulda ko'payish qaytarilgach, bemor qonida jinsiy individlar-gametotsitlar hosil bo'ladi, ya’ni eritrotsitlar ichidagi merozoitlardan urg'ochi -makrogametotsitlar va erkak mikrogametotsitlar paydo bo'ladi.Gametotsitlarning keyingi rivojlanishi anofeles chivinining medasida kechadi. Anofeles odamning qonini so'rganda gametotsitlar chivinga o'tadi. Chivinning ichida mikrogametotsitlarning rivojlanishi natijasida 4-8 ta xivchinli
5-6 ta mikrogametalar hosil bo'ladi. Makrogametotsitlarning yadrosi ham kattalashib, makrogametalarga aylanadi. Mazkur makro- va mikrogametalar qo'shilib, zigota hosil qiladi. Zigota harakatchan bo'lib, u ookineta deb ataladi. Ookineta chivin oshqozoni devorini teshib kirib, elastik po'stga o'raladi va ootsistaga aylanadi. Ootsista o'sib, yadrosi bir necha marta bo'linadi, har bir yadro bo'lagini sitoplazma o'rab oladi va natijada rninglab juda mayda duksimon sporozoitlar hosil bo'ladi. So'ngra ootsistalar pardasi yoriladi-va ichidagi sporozoitlar (10000 tagacha) chivinning tana bo'shlig'iga tushib, gemolimfa suyuqligi orqali barcha organlariga tarqaladi. Ular chivinning so'lak bezida ko'plab to'planadi. Mana shunday chivinlar odamni chaqqanida chivin so'lagi bilan birga sporozoitlar ham odam qoniga o'tadi. Sporozoitlar bir yadroli uzunchoq shakiga ega bo'lib, uzunligi 10-15 mikronga teng. Bezgak yer yuzida juda keng tarqalgan kasallikdir. Bezgak kasaliga uchragan odamda kuchli anemiya (kamqonlik) kuzatiladi. 1mm3 qondagi eritrotsitlar soni normadagi 5 mln. dan 1 mln. gacha tushib qoladi. MDH mamlakatlarida bezgak kasalligi XIX asrning oxiri XX asrning birinchi yarmida Kavkaz. Markaziy Osiyo, Volganing o'rta va quyi oqimida hamda Ukrainada keng tarqalgan edi. 1935-yilning o'zida mazkur hududlarda 9 mln. kishi bezgak bilan kasallanganligi ma’lum. Bu davrda odamlarning bezgak bilan kasallanishi, ayniqsa, Afrika, Janubiy Amerika, Osiyo va Yevropadagi juda ko'plab mamlakatlarda keng tarqalgan edi. 1930-yillarda faqatgina Hindistonning o'zida har yili 100mln.dan ortiq kishi bezgak bilan kasallangan.Bezgak kasalligining qo'zg'atuvchisini o'rganish va unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishda rus olimlaridan Mechnikov,V.M. Afanasyev,V.Ya.Danilevskiy, Ye.Marsinovskiy, V.N. Beklemishev,
D.D. Romanovskiy va S.M. Isayev, fransuz olimi Sh.L.A. Laveron, ingliz olimi
R.D. Ross, P. Gariyem, italiyalik olim D.B. Grassi, Bastenelli va boshqalarning xizmatlari kattadir. Markaziy Osiyo, shu jumladan, O'zbekistonda ham bezgakka qarshi ishlar olib borilgan. Birinchidan, bezgak bilan kasallangan odamlami majburiy yalpi davolash kurslaridan o'tkazilgan. Ma’lumki, bezgak chivini o'z tuxumini ko'lmak suvlarga qo'yadi. Shuning uchun bezgak chivini ko'payishining oldini olish maqsadida ko`lmak suvlar va botqoqliklar o'zlashtirilib, quritildi. Bezgak chivinlari, ularning tuxumi, lichinkalari va g'umbaklari turli usullar bilan qirib tashlandi. Oxirgi yillarda bezgak chiviniga qarshi biologik kurash choralarini qoilashga alohida e ’tibor berilmoqda. Xususan, issiq iqlimli joylarda bezgak chivini lichinkasini yo'qotish uchun hovuz va ko'llarda tirik tug'ar gambuziya balig'i ko'paytirilmoqda. Bu tadbirlarni o'tkazish natijasida 1960-yildan boshlab MDH mamlakatlarida, shu jumladan,O'zbekistonda ham bezgak kasalligi butunlay tugatilgan. Lekin odamlarning bezgak bilan kasallanishi Janubiy va Markaziy Amerika, Osiyo va ayniqsa, Afrika mamlakatlarida hozirgi kunda ham keng tarqalgan. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’umotlariga qaraganda, oxirgi vaqtlarda har yili yer shari aholisining 5-6 mln.ni bezgak chivinlari yuqtirgan bezgak kasalligi tufayli olamdan ko'z yumgan. Shulardan 1 mln.dan ortiqrog'i 4-5 yoshgacha bo'lgan bolalarga to'g'ri keladi. Hozirgi vaqtda anofeles avlodiga kiradigan chivinlarning 400 dan ortiq turi mavjud bo'lib, shulardan 25-30 ta turi bezgak kasalligini qo'zg'atuvchilarining tashuvchisi hisoblanadi. Odamlami chivin chaqishidan saqlash uchun badanga chivinga qarshi kremlarni surish, yozda pashshaxonalardan foydalanish lozim.

Yüklə 29,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin