Amaliy mashg’ulot shaxsning kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlari (ktq)ni o’rganish usuli


Kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlarni baholash shkalasi



Yüklə 33,59 Kb.
səhifə3/3
tarix26.12.2022
ölçüsü33,59 Kb.
#77917
1   2   3
komunikativ tashkilotchilik qobiliyati so\'rovnomasi

Kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlarni baholash shkalasi

KQ

TQ

Baho

Qobiliyatlarning ifodalanish darajasi

0,10 – 0,45
0,46 – 0,55
0,56 – 0,65
0,66 – 0,75
0,76 – 1,00

0,20 – 0,55
0,56 – 0,65
0,66 – 0,70
0,71 – 0,80
0,81 – 1,00

1
2
3
4
5

Past
O’rtadan past
O’rta
Yuqori
Juda yuqori

Natijalarni tahlil qilishda parametrlarni ko’zda tutish kerak;
1 baho olgan tekshiruvchilar kommunikativ za tashkilotchilik qobiliyatlari past darajasi bilan ta’riflanadi.
2 baho olgan tekshiruvchilarni kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlari o’rtadan pastda ta’riflanadi: Ular muloqatga intilishmaydi, ya’ni kompaniyada (kollektivda) o’zlarini erkin tutolmaydilar, vaqtni yolg’iz o’tkazishni afzal ko’radilar, o’zlarining tanishuvlarini chegaralab qo’yadilar, odamlar bilan muloqot o’rnagishga va auditoriya oldida gapirishga qiynaladilar, o’z fikrlarini himoya qilolmaydilar, ko’p ishlarda mustaqil qaror qabul qilishda o’zlarini chetga tortishni afzal ko’radilar.
3 baho olgan tekshiruvchilarni kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlari o’rta darajali deb hisoblanadi. Ular odamlar bilan muloqot o’rnatishga intiladilar, o’zlarining tanishuvlarini chegaralamaydilar, o’z fikrlarini himoya qila oladilar, ishlarini rejalaydilar, lekin qobiliyatlarini yuqori turg’unlik bilan ta’riflab bo’lmaydi. Bu guruh kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun uzoq va jiddiy tarbiyaviy ishlarni olib borish kerak.
4 baho tekshiruvchilarning kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlari yuqori darajali deb hisoblanadi. Ular yangi vaziyatlarda o’zlarini yo’qotmaydilar, do’stlarni tez topadilar, tanishuvlar doirasini har doim kengaytirishga intiladilar, jamoat ishlari bilan faol shug’ullanadylar, yaqinlari va do’stlariga yordam beradilar. Jamoat tadbirlarini tashkil qilishda qatnashadilar, og’ir vaziyatda mustaqil qarorlar qabul qila oladilar. SHuni ta’kidlab o’tish joizki, 6u ishlarni ular majburan emas, balki o’z ichki xohishlari bilan qilishadi.
5 baho olgan tekshiruvchilarni kommunikativ va tashkilotnilik qobiliyatlari juda ham yuqori darajali deb hisoblanadi. Ular muloqot va tashkiliy faoliyatga katta ehtiyoj his etishadi va shu narsaga doimiy intilishadi, og’ir vaziyatlarda tez yo’l topa olishadi. Yangi jamoada o’zlarini erkin tutishadi, tashabbuskor, muhim ishda yoki murakkab vaziyatda mustaqil qaror qabul qilishni afzal ko’radilar, o’z fikrini himoya qila olishadi, do’stlari ularning fikrlari bilan ysh tutishlariga intiladilar, notanish davraga jonlanish . kirgiza olishadi, har xil o’yinlar tashkil qilishni xush ko’rishadi. O’zlarining kommuniqativ va tashkilotchilik faoliyatlarini qoniqtiradigan ishlarni izlab yurishadi.
Yüklə 33,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin