AMALIY MASHG’ULOT
TO’LIQ VA CHALA DOMINANTLIKKA OID MASALALAR YECHISH.
Darsning maqsadi : O’quvchilarga monoduragay chatishtirishda to’liq va to’liqsiz irsiylanish ga oid masala
yechishni o’rgatish .
1.Odamda jingalak soch (J)silliq soch (j)ustidan to’liqsiz dominant holda irsiylanadi ,geterozigotalarda soch to’lqinsimon bo’ladi .To’lqinsimon sochli ota -onadan qanday sochli bolalar tug’iladi.
2.Nomozshomgulda qizil gultojibargli formalar oq gultojibargli o’simlikka nisbatan chala dominantlik qiladi .Qizil va oq gulli o’simliklarni chatishtirishdan olingan F 1 avlodn o’zaro chatishtirildi F2 da qanday gulli o’simliklar olinadi .
Fb da chi ?
3.Bo’sh kataklarni to’ldiring
Berilgan
|
Gen
|
Genotip
|
Tolaning malla rangi
|
|
|
Tolaning oq rangi
|
|
|
Tolaning novvotrangi
|
|
|
4. Yumaloq chipor tarvuz o’simliklari uzunchoq yashil mevali o’simlik bn chatishtirildi ,olingan avlod yumaloq yashil bo’lgan .Tahliliy chatishtirish o’tkazilganda avlodda 20 ta yumaloq yashil ,18 ta yumaloq chipor ,19 ta uzunchoq yashil,21 ta uzunchoq chipor mevali formalar hosil bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan barcha o’simliklarni genotipini aniqlang .
5.Bangidevona o’simligida qizil gul oq gulga nisbatan chala dominant .Meva sirtida tikanlar bo’lishi tekisligiga nisbatan to’la dominant .Qizil gulli meva sirti tikanli o’simlik oq gulli sirti tekis o’simlik bn chatishtirildi .F 1da 960 ta,F2 da esa 1888ta o’simlik olindi .F2 dagi nechta o’simlik ota- onaga o’xshaydi.Olingan natijani grafikda ifodalang .
Uyda mustaqil masalalar ishlash .
Dostları ilə paylaş: |