VII. Fan о‘qitish natijalari va shakllanadigan kasbiy kompetensiyalar Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
temir yo‘l stansiyalarining ish texnologiyasi; stansiya va uchastkalarning texnik qurilmalari majmui; temir yo‘lning o‘tkazish va tashish qobiliyati; temir yo‘llarda Yuk va yo‘lovchi tashishning boshqarish asoslari tо‘g‘risida bilimga ega bо‘lishi;
temir yo‘lning o‘tkazish va tashish qobiliyatini; stansiyalarda manyovr ishlarini bajarishni; manyovr vositalari va ularni tasnifini; temir yo‘l stansiyalarining ish texnologiyasini; stansiya texnologik markazining ishini; stansiyani boshqaruv tizimini; MTUda stansiyalarni ixtisoslash va vagon oqimlarini tashkil qilishni; Yuk ortish joylaridan vagon oqimlarini tashkil qilishni; bir guruhli, ko‘p guruhli, tezkor, bo‘sh va mahalliy vagonlardan iborat poyezdlarni tuzishni; harakat tarkibidan foydalanish ko‘rsatkichlarini; poyezdlar harakati grafigini tuzishni va uning ko‘rsatkichlarini hisoblab olish kо‘nikmalariga ega bо‘lishi;
temir yo‘llardan foydalanish ishlarini tezkor boshqarish; foydalanish ishlarining tahlil qilish; temir yo‘l transportida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonini takomillashtirish; jo‘natish marshrutlarini tashkil etish; nostandart vaziyatlarda poyezdlar harakatini boshqarish; ajratish punktlari va ularda bajariladigan ishlarni stansiya navbatchisi sifatida bajarish; poyezd dispetcherlari va stansiya navbatchilari o‘rtasidagi muloqotlar tartibi bo‘yicha kompetensiyalargaega bo‘lishikerak.