Hisoblang: 1) yalpi ishlab chiqarish (YAICH)ni;
2) oraliq iste’mol xarajatlari (OI)ni;
3) yalpi va sof qo’shilgan qiymatni.
Yechish: Yuqorida qayd qilingan formulaga asosan:
1.
2. OI = xomashyo materiali va ehtiyot qismlar(600) + yoqilg’i va energiya(360) + yaroqsiz(brak) mahsulotlar(20) + laboratoriya xarajati(120) + ishchilarning ovqatlari va sut mahsuloti(2) + yuridik xizmatlar haqi(10) + mol-mulkni sug’urta qilish xizmatlari haqi(40) + marketing va reklama xarajatlari(106) + kredit xizmatlari haqi(20) + imorat va asbob-uskunalarning ijara xizmati haqi(22) = 1300 mln so’m.
3.Yalpi qo’shilgan qiymatni hisoblaymiz:
mln so’m.
4. Sof qo’shilgan qiymat quyidagiga teng:
mln so’m.
Mustaqil echish ucun masalalar
1-masala. Mashinasozlik korxonasi bo’yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan (joriy baholarda, mln. so’m):
Aniqlang: 1.Mashinasozlik korxonalarini bazis va joriy yillarda ishlab chiqargan yalpi mahsulotini hajmini;
2.Yalpi ishlab chiqarish qiymatlarini bazis yilga nisbatan tarkibiy siljishini.
2-masala. Kimyo sanoati korxonalarini joriy yil yakuniy ishlab chiqarish faoliyatining ifodalovchi ma’lumotlari quyidagicha (bozor bahosida, mln. so’m).