Amaliy mashg‗ulotlarni bajarish boyicha



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə14/16
tarix06.09.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#141809
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
muhandislik dasturlari Amaliy mashg

12,13-Mavzular: Trenajer sistemasini ishga tushirish ketma ketligini o„rganish. Trenajer sistemasida baholash algoritmini tuzishini o„rganish
Nazariy ma‟lumotlar:

Bunday tizimlarni joriy qilish natijasida quyidagilarga erishiladi:


- dasturlash asoslari bo‗yicha tarmoq texnologiyalari asosida (on-line rejimida) bilim



olish;




  • olingan bilimlarni shu vaqtning o‗zida amaliyotda sinovdan o‗tkazish va baholash;




  • bilim olish jarayonida tug‗ilgan muammolar bo‗yicha ta‘lim beruvchi bilan tarmoq

orqali muloqotga kirishish va maslahatlar olish;



    • zamonaviy vositalarni qo‗llash orqali o‗qitish samaradorligini oshirish;




    • kommunikatsiya vositalari yordamida elektron o‗quv qo‗llanmalarni tezkorlik bilan etkazib berish va olish;

    • ta‘lim beruvchi va ta‘lim oluvchi o‗rtasidagi doimiy muloqotni tashkil etish va h.k.

SHu bilan birgalikda, dunyo miqyosida sinovdan o‗tkazilayotgan va respublikamizda amaliyotga joriy etish uchun tayyorlanayotgan masofaviy ta‘lim tizimini qo‗llash uchun ilmiy va amaliy tadqiqotlarni o‗tkazish imkoniyatlari tug‗iladi. Dasturlash asoslarini o‗rganuvchilar uchun multimediali o‗quv tizimlarini yaratish, respublikamizda rivojlanib kelayotgan mediata‘lim tizimini joriy etishga asos bo‗ladi va talab darajasida tizimni qo‗llash uchun ma‘lumotlar bazasi shakllanib boradi.


Asosiy maqsad esa, sinovdan o‗tkazish jarayonidayoq dasturlash bo‗yicha bilim oluvchilarga zamonaviy bilimlarni (qo‗shimcha ravishda) etkazib berish imkoniyatlari tug‗iladi.
Ishlab chiqilgan dasturlash asoslarini o‗rgatuvchi tizim Web platformaga asoslangan bo‗lib, tizimdan foydalanuvchilar on-layn rejimida Internet tarmog‗i orqali foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Internet orqali taklif etilayotgan bu tizimdan foydalanuvchilarni bir necha turga ajratish mumkin:

    • umumiy ma‘lumotlar, elektron kitoblar, videodarslarni ko‗chirib oluvchi – erkin foydalanuvchilar;

    • tizim orqali e‘lon qilingan dasturlash bo‗yicha musobaqada ishtirok etuvchilar – dasturchilar va hokazo;

    • tizimda taklif etilgan bilimlarni o‗rganuvchi – talabalar;

    • tizimni yangi axborotlar bilan boyitib boruvchi – ta‘lim beruvchilar.

Keyingi uch turdagi foydalanuvchilar tizimda ro‗yxatdan o‗tishi talab etiladi, ya‘ni faqat ro‗yxatdan o‗tgan ta‘lim oluvchilar tizim orqali taklif etilayotgan nazariy va amaliy virtual darslar bilan tanishishi, olingan bilimlarni test-nazorat va dastur natijasini testlovchi tizimlarda sinovdan o‗tkazishi mumkin bo‗ladi. Har bir dars nazariy materiallar, amaliy mashg‗ulotlar uchun multimediali mashg‗ulotlar va bilimlarni nazorat qilish uchun test-nazorat tizimlaridan tashkil topgan. Dastur natijasini testlovchi tizimga kirish faqat nazariy va amaliy mashg‗ulotlardan keyin taklif etilgan test topshiriqlaridan (75 %dan) yuqori natija ko‗rsatgan dasturchilar uchun mo‗ljallangan. Har bir dars mashg‗uloti uchun olingan bilimlarni sinovdan o‗tkazish uchun test topshiriqlari ajratilgan va berilgan bilimlarga mos dasturlash bo‗yicha masalalar taklif etiladi. SHu bilan birgalikda nazorat tizimida past ko‗rsatkich (75 % dan kam)ga ega bo‗lgan ta‘lim oluvchilar uchun qayta o‗zlashtirishga mo‗ljallangan yordamchi bilimlar taklif etiladi. YOrdamchi bilimlar ikki qismdan iborat bo‗lib, birinchi qismi qo‗shimcha nazariy materiallarning multimediali shakllaridan, ikkinchi qismi esa dasturlash bo‗yicha algoritmlash, dastur matnini tanlangan tilda shakllantirish kabi amallarni o‗rgatuvchi virtual modellardan tashkil topgan (1-rasm). YOrdamchi bilim sifatida taklif etiladigan virtual modellar quyidagilarni o‗zida qamrab oladi: - dasturlash bo‗yicha aniq bir masalaning algoritmi; - ishlab chiqilgan algoritmning dasturlash tilidagi ko‗rinishi; - algoritmning bajarilish qadamlarining dastur matnidagi qadamlarga mosligini ta‘minlovchi animatsiyalar (ovozli izohlar bilan); - foydalanuvchi bilan interfaol muloqot tashkil etilgan amaliy ishlar (aniq masalalarni dasturlash bo‗yicha topshiriqlar).


Dasturlash bo‗yicha o‗rgatuvchi tizimni joriy qilish natijasida quyidagi maqsadlarni ham amalga oshirish mumkin:

  1. dasturlashga oid fanlar bo‗yicha bakalavr va magistrlarning o‗zlashtirish samaradorligi sifatini monitoring qilish;

  2. talabalarni dasturlash bo‗yicha olimpiadalarga tayyorlash;




  1. talabalar o‗rtasida dasturlash bo‗yicha olimpiadalarni o‗tkazish;




  1. talabalarning dasturlash bo‗yicha amaliy ko‗nikmalarini shakllantirish.

Ishlab chiqilgan tizim ikkita rejimda ishlay oladi: 1) Ta‘lim muassasasi lokal tarmog‗ida fanlarni o‗qitishda amaliy va amaliy mashg‗ulotlari jarayonida foydalanish rejimi. 2) Internet tarmog‗ida on-layn rejimida bilimlarni mustaqil tekshirish uchun qo‗llaniladigan rejim.



1-rasm. Tizimning umumiy tuzilmasi


Dastur natijasini testlovchi avtomatlashtirilgan tizimning ishlash prinsiplari quyidagicha: har bir tizimga kirish ruxsatnomasiga ega bo‗lgan foydalanuvchi (talaba, o‗qituvchi yoki administrator) uchun maxsus interfeys mavjud. Foydalanuvchilarning tizim bilan ishlashini faqat ma‘lumotlar bazasidagi mavjud parametrlar orqali cheklashi mumkin. Umuman olganda, dasturlash bo‗yicha multimediali o‗rgatuvchi tizim klient-server texnologiyasi asosida (taqsimlanuvchi rejimda) ishlab chiqilgan. Xulosa qilib aytish mumkinki, ushbu tizimni amaliyotga joriy etish orqali ta‘lim oluvchilarga dasturlash asoslari bo‗yicha ―yuz marta eshitgandan ko‗ra, bir marta ko‗rgan ma‘qul‖ tamoyili asosida bilimlarni berish imkoniyatiga ega bo‗lamiz.


9-Amaliy mashg„ulot




Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin