8-sinf Mavzu: MOOC (MASSIVE OPEN ONLINE COURSES – OMMAVIY OCHIQ ONLAYN KURSLAR) haqida
MOOC – OMMAVIY OCHIQ ONLINE KURSLAR
O‘quv maqsadi
Bu bobda:
MOOC haqida tushunchaga ega bo‘lasiz
MOOCning ishlash prinsipi
MOOCning afzalliklari va kamchiliklari
MOOCning turlari;
MOOC platformalari haqida bilib olasiz.
Ko‘nikma
Bob yakunida siz:
MOOC platformasidan ro‘yhatdan o‘tish;
MOOC platformasida kursga a’zo bo‘lish;
MOOC platformasida kurs materiallari bilan ishlash;
MOOC platformasida online va offlayn topshiriqlarni bajarish;
MOOC platformasidan sertifikatni yuklab olish ko‘nikmalariga ega bo‘lasiz.
Vositalar
Coursera
Udemy
Edx
Khan Academy
Лекториум
2000 – yillarda ochiq internet kurslari paydo bo‘lishi natijasida onlayn ta’limga o‘tish jarayoni boshlandi. U orqali dunyoning eng mashhur, reytingi yuqori universitetlari tinglovchilarga o‘z ma’ruzalaridan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etdi.

2008 – yilda MOOC nomi bilan mutlaqo yangi ta’lim berish metodikasi shakllandi.
Bu atama 2008-yil Devid Kormier tomonidan o‘ylab topilgan.
Tayanch tushunchalar Onlayn ta’lim – Internet tarmog‘idan foydalangan holda real vaqt rejimida bilim olishning yangi usuli. Hozirgi vaqtda onlayn bilim olish dunyodagi eng tez rivojlangan ta’lim texnologiyalaridan biri hisoblanadi.