Amaliy matematika fakulteti "iqtisodiyot" kafedrasi


-jadval O`zbekiston sanoatining kompleks tarmoqlari



Yüklə 57,59 Kb.
səhifə4/4
tarix26.04.2023
ölçüsü57,59 Kb.
#103066
1   2   3   4
Tarmoq iqtisodiyoti (1)

2.1-jadval
O`zbekiston sanoatining kompleks tarmoqlari



Kompleks tarmoqlari

Kompleks tarmoqqa kiruvchi tarmoqlar soni


Elektroenergetika sanoati

3


Ko`mir sanoati

2


Gaz sanoati

2


Neft va neftni qayta ishlash

2


Qora metallurgiya

2


Rangli metallurgiya

4


Mashinasozlik va metallni qayta ishlash

40


Kimyo va neft-kimyo sanoati

12


O`rmonsozlik, yog`ochni qayta ishlash va qog`oz sanoati

3


Qurilish materiallari sanoati

14


Oyna va chinni-fayans sanoati

2


Mikrobiologiya sanoati

12


Meditsina (farmatsevtika) sanoati

3


Poligrafiya

1


Yengil sanoat

18


Oziq-ovqat sanoati

22


Un, yorma va yem sanoati

3


Qolgan tarmoqlar

21


4. Sanoat tarmoq tuzilmasi va uni belgilovchi omillar
Tarmoq tuzilmasi deyilganda, uning tarkibi, tarmoqlar o`rtasidagi nisbatlar va o`zaro bog`liqlik tushuniladi. Tarmoq tuzilmasi sanoat taraqqiyoti darajasini belgilaydi hamda unda yuz bergan va yuz beradigan o`zgarishlarni aks ettiradi.
Tarmoq tuzilmasiga binoan quyidagi jihatlarni aniqlash mumkin bo`ladi:

  • ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyaning darajasini;

  • mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustaqil ekanligini;

  • sanoat va butun xalq xo`jaligining ilmiy-texnika salohiyatini;

  • mamlakat va uning viloyatlari sanoatining rivojlanish darajasini;

  • sanoat tarmog`ining «A» guruhi bilan «B» guruhi o`rtasidagi ishlab chiqarish aloqadorligini;

  • ijtimoiy mehnat unumdorligi yoki ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligining darajasini;

  • mehnatkashlarning moddiy faravonligi va madaniy darajasi o`sganligini.

Sanoat tarmoqlari tuzilmasini tavsiflash uchun ayrim tarmoqlar o`rtasidagi ma`lum ishlab chiqarish aloqadorligini ifodalovchi miqdoriy nisbatlarni aniqlab olish kerak. Bu muammoni hal etish uchun bir qator ko`rsatkichlardan foydalaniladi. Ulardan biri tarmoqlar o`rtasidagi nisbatlarni ifodalasa, ikkinchisi ma`lum davr ichidagi tuzilmaviy o`zgarishlarni, uchinchisi esa ishlab chiqarish aloqalarini ifodalaydi.
Tarmoq tuzilmasini ifodalovchi ko`rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • mustaqil sanoat tarmoqlarining soni;

  • tarmoqlarning sanoat ishlab chiqarish umumiy hajmidagi salmog`i;

  • tarmoq rivojining sur`ati;

  • tarmoqning ilgarilab ketish koeffitsienti.

Mustaqil sanoat tarmoqlarining soni mamlakat industrial taraqqiyoti, uning iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyati, iqtisodiy jihatdan mustaqilligini ifodalaydi.
Tarmoqning yalpi mahsulot sanoat ishlab chiqarishi umumiy hajmidagi ulushi, ishchilar soni va asosiy fondlar qiymatidagi salmog`i ko`rsatkichlari bilan o`lchanadi.
Tarmoqning rivojlanish sur`atini quyidagicha ifodalash mumkin:

bu yerda: S – tarmoqning rivojlanish sur`ati;
P – tarmoq rivojlanishining rejali darajasi;
X – tarmoq rivojining hisobot davridagi darajasi.
Tarmoqning rivojlanish koeffitsienti tarmoqlar tarkibidagi miqdor o`zgarishlarni ifodalaydi va ma`lum davrdagi sanoat tarmoq tuzilmasidagi siljishlarni ko`rsatib beradi. Bu koeffitsient quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

bu yerda: Tr  s – tarmoqning rivojlanish sur`ati;
Sr  s – sanoatning rivojlanish sur`ati.
Sanoat tarmoqlari orasidagi yuzaga kelgan mutanosibliklar va ularning o`zgarishiga ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi hamda boshqa bir qator omillar ta`sir etadi.
Sanoat ishlab chiqarish tarmoq tuzilmasini belgilovchi asosiy omillarga quyidagilar kiradi:

  • fan-texnika taraqqiyoti va uning yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish;

  • material va yoqilg`i, energetika resurslarini iqtisodiy tejashni kuchaytirish;

  • ijtimoiy mehnat taqsimoti, ixtisoslashtirish va kooperativlashtirishning darajasi;

  • sanoat ishlab chiqarishning o`sish sur`atlari;

  • aholining moddiy va madaniy darajasi o`sishi;

  • ijtimoiy-tarixiy sharoitlar;

  • mamlakatning tabiiy resurslari va ularni o`zlashtirish darajasi;

  • mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o`rni va uning boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligi.

Sanoat tuzilmasining o`zgarishiga ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllari – kontsentratsiyalash, ixtisoslashtirish va kombinatlashtirish juda katta ta`sir ko`rsatadi. Ishlab chiqarishda kichik korxonalarning ko`payishi tarmoq taraqqiyotini tezlashtirgani holda uning umumsanoat mahsulotidagi miqyosini oshirishga olib keladi. Ixtisoslashtirish ijtimoiy mehnat taqsimoti jarayonini ifodalagani holda ayrim mahsulotlar yoki mahsulot qismlarini mustaqil ishlab chiqarishga, tayyorlashga, yangi sanoat tarmoqlari tashkil qilinishiga sabab bo`ladi.
Sanoat tarmoqlari tuzilmasiga ta`sir ko`rsatuvchi eng muhim omillardan yana biri, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o`rni hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.O`zbekiston Respublikasining ―Xususiy korxonalar to`g`risidagi Qonuni. Qonun va qarorlar. T., ―O`zbekiston‖, 2004., №3


2.O`zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida»gi Qonuni 1996 yil 26 aprel // Tadbirkorlikka oid qonun hujjatlari to`plami. 1 tom. - T.: O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2002.
3.O`zbekiston Respublikasining «Mas‘uliyati cheklangan va qo`shimcha mas‘uliyatli jamiyatlar to`g`risida»gi Qonuni 2001 yil 6 dekabr // Tadbirkorlikka oid qonun hujjatlari to`plami. 1 tom. - T.: O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2002.
4.O`zbekiston Respublikasining «Xo`jalik shirkatlari to`g`risida»gi Qonuni 2001 yil 6 dekabr // Tadbirkorlikka oid qonun hujjatlari to‗plami. 1 tom. - T.: O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2002.
Yüklə 57,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin