Amaliy matematika fakulteti


Ishlatilgan gaz ko‘p marta foydalanish usulida quritish



Yüklə 101,81 Kb.
səhifə4/15
tarix07.01.2024
ölçüsü101,81 Kb.
#207877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
biotex

Ishlatilgan gaz ko‘p marta foydalanish usulida quritish.Qurituvchi gaz sifatida toza va qimmat gazlar. masalan vodorod. ishlatilganda ushbu usulni qo‘llash maqsadga muvofiq. Bunday hollarda ishlatib bo‘lingan gazni atmosferaga chiqarib bo‘lmaydi. Shuning uchun, sxemalar yopiq sirkulatsiyali bo‘ladi.
Suv bug‘lari bilan to'yingan gaz kaloriferda qizdiriladi (AA kesma). Natijada uning nisbiy namligi pasayadi va quritish qobiliyati ortadi. Undan keyin, gaz va material o‘zaro ta’sirda bo‘ladi (BB kesma) va namlik bilan to'yinadi. So'ng esa, namlangan gaz shudring nuqtasigacha (CD kesma) sovutiladi. Lekin namlangan gaz tarkibidagi bir qism namlik kondensatsiyalanadi (D E kesma). Keyin esa, gaz qizdiriladi va yana quritkichga yo'naltiriladi.
Bu quritish usuli havoning past temperaturasi, yuqori boshlang‘ich nam saqlash va nisbiy namliklari bilan xarakterlanadi. Undan tashqari, quritkichda gaz tezligi ham juda katta. Gaz tczligining yuqori bo‘lishi massa berish koeffitsiyenti va birinchi davrda quritish tezligining ortishiga olib keladi.
Yuqorida qayd etilgan quritish usullari kerakli miqdordagi issiqlikni uzatish va mayin quritish rcjimlarini ta’minlaydi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, u yoki bu quritish usuli jarayonni tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi, uni o'tkazish sharoitiga ta’sir etishi mumkin. Lekin issiqlik sarfiga salmoqli ta’sir etmaydi, chunki u qurituvchi gazning boshlang‘ich va oxirgi parametrlari bilan aniqlanadi.

II-BOB. QURITISH JARAYONINI TASHKIL ETUVCHI USKUNALARINING KONSTRUKSIYASI VA ISHLASH PRINSIPI.
2.1.Quritish uskunalarining tuzilishi va turlari.
Kimyo, oziq - ovqat va boshqa sanoatlarda qo‘llaniladigan quritkichlar
konstruksiyalari turli - tumandir. Ular bir - biridan har xil belgilariga qarab farqlanadi. Qattiq, nam materialga issiqlik uzatish turiga qarab konvektiv, kontaktli va maxsus quritkichlarga bo‘linadi. Issiqlik eltkich sifatida havo, gaz va bug‘ qo‘llanilishi mumkin. Quritish kamerasidagi bosim kattaligiga qarab, vakuum va atmosfera bosimida ishlaydigan quritkichlarga bo‘linadi. Jarayonni tashkil etish usuliga qarab, davriy va uzluksiz ishlaydigan quritkichlar bo‘lishi mumkin. Undan tashqari, material va issiqlik eltkich harakatiga qarab parallel, qarama-qarshi va o'zaro kesishgan yo'nalishli quritkichlar tayyorlanadi. Yuqorida qayd ctilganlardan ko'rinib turibdiki, quritkichlani umumlashtiruvchi klassifikatsiya qilish juda qiyin.
Shuning uchun, quyida issiqlikni uzatish va quritilayotgan material qatlamining
holatiga qarab guruhlarga ajratilgan quritkichlar konstruksiyalarini ko‘rib chiqamiz.


Kamerali quritgichlar

Quritgichlar


Tunelli quritgichlar



Lentali quritgichlar


Shaxtali quritgichlar



Sirtmoqli quritgich


Tebranma quritgich


Barabanli quritgich



Mavhum qaynash qatlamli quritgich



Aerofantanli quritgich


Ko‘p kamerali quritgich



Pnevmatik quritgich


Jo‘vali quritgich



Purkovchi quritgich



Sublimatsiyali quritgichlar



Yüklə 101,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin