Amaliy matematika fakulteti



Yüklə 101,81 Kb.
səhifə1/15
tarix07.01.2024
ölçüsü101,81 Kb.
#207877
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
biotex


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI
"AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI"
BIOTEXNOLOGIYA KAFEDRASI
Biotexnologiya(tarmoqlar bo'yicha) ta'lim yo'nalishi II-bosqich talabasi Tog'ayeva Sofiya Mirza qizining BIOTEXNOLOGIYAGA KIRISH VA BIOTEXNOLOGIK JIHOZLAR fanidan
KURS ISHI
MAVZU:QURITISH JARAYONINI TASHKIL ETISH USULLARI VA USKUNALARINING TUZILISHI VA ISHLASH PRINSIPI.

Bajardi: Tog‘ayeva Sofiya Mirza qizi.


Ilmiy rahbar: Murodova Sayyora Sobirovna.
Topshirgan sana:
Himoya qilingan sana:
Baho:

Jizzax 2023 yil
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………
Mavzuning dolzarbligi…………………………………………………
Maqsadi va vazifalari……………………………………………
Adabiyotlar sharhi
I-BOB. QURITISH JARAYONINI TASHKIL ETISH USULLARI…………
1.1.Quritish uskunasida qurish jarayonini o'rganish
1.2.Quritish jarayonini tashkil etish usullarini tadqiq qilish
II-BOB. QURITISH JARAYONINI TASHKIL ETUVCHI USKUNALARINING KONSTRUKSIYASI VA ISHLASH PRINSIPI
2.1.Quritish uskunalarining tuzilishi va turlari
2.2.Quritish uskunalarining ishlash prinsipi
III-BOB. QURITISH USKUNALARINING BIOTEXNOLOGIYAGADA QO'LLANILISHI
3.1.QURITISH uskunalarining biotexnologiyada qo'llanilish sohalari
3.2. Quritish uskunalarining biotexnologiyadagi afzalliklar va kamchiliklari
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

KRISH.
Mikrobiologik sintez mahsulotlarining aksariyati quruq, qoldiq namlik 5-12% dan yuqori bolmagan holda chiqariladi. Shuning uchun, issiqlik yordamida quritish mikrobliologik sintezning tayyor shakldagi mahsulotlarini olishning asosiy sanoat usuli bolib hisoblanadi.
Biotexnologiya mahsulotlari ba’zan tirik mikroorganizmlar ko‘rinishning qator holatlarida nafaqat sifatini, balki preparatlarning hayotchanligini ham saqlab qolish talab etiladi.
Quritish jarayoniga asoslanib, mikrobiologik sintezning barcha mahsulotlarini ikkita asosiy guruhga ajratish mumkin:Quritishdan keyin mikroorganizmlar hayotchanligini yoki preparatning yuqori aktivligini saqlab qolishni talab qilmaydigan va yuqori ozuqali oqsil manbai sifatida ishlatiladigan mahsulotlar (em achitqilari, aminokislotalar, ba’zi fermentlar va boshqa).
Quritishdan keyin hayotchanligining, hamda ishlatilishidan oldin preparatlar yuqori aktivligining saqlab qolinishini talab qiluvchi mahsulotlar.
Quritilayotgan material absolyut quruq modda va namlikdan iborat. Namlik deganda, quritish jarayonida qisman yoki butunlay olib tashlanishi kerak bo‘lgan har qanday suyuqlik nazarda tutiladi.
Quritish jarayonini o‘rganish 4 ta bo‘limni o‘z ichiga oladi:
-quritish jarayonini statistikasi(materialni suyuqlik bilan biriktirish formasidir);
-quritish jarayonining kinetikasi(quritish jarayonini o‘tishi va quritish tezligi);
-quritish jarayonining dinamikasi(quritish jarayonida namlikning harakat mexanizmi, fizik-kimyoviy bog‘lanishi);
-quritish jarayonining texnika va texnologiyasi(quritish va namlash jarayonining uskunalarini va asosiy ko‘rsatkichlarini, ishlash uslubini, tuzulishini, ishlash tartiblarini boshqarishni o‘z ichiga oladi).


Yüklə 101,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin