Avtotransport boshqaruvi uchun jismoniy shaxslarga electron ishonchnoma(sotish, boshqa davlatga olib chiqib ketish huquqisiz) berish:
Avtotransport vositalaridan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, respublikada yo‘lovchi tashish transporti tizimini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, ishsizlikni qisqartirish hamda transport xizmatlari bozorini rivojlantirish maqsadida:1. 2022-yil 1-sentabrdan boshlab avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etilsin.
2. Belgilansinki:
a) elektron shaklda rasmiylashtirilgan avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani (keyingi o‘rinlarda — elektron ishonchnoma) notarial tasdiqlash talab etilmaydi;
b) elektron ishonchnoma rasmiylashtirganlik uchun davlat boji uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun o‘rnatilgan davlat bojiga nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:
bir oygacha bo‘lgan muddatga — 10 foiz;
olti oygacha bo‘lgan muddatga — 50 foiz;
uch yilgacha bo‘lgan muddatga — 100 foiz.
v) elektron ishonchnoma mavjudligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan mobil qurilmalar orqali tekshiriladi;
g) elektron shaklda rasmiylashtirilmagan avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarga nisbatan amaldagi notarial tasdiqlash tartibi saqlab qolinadi.
Dalolatnoma yozuvlarini qayd etish quyidagi holatlarda rad qilinishi mumkin:
agar dalolatnoma yozuvini qayd etish qonunchilikka zid bo‘lsa;
agar taqdim etilgan hujjatlar ularga nisbatan ushbu Qoidalarda va boshqa qonun hujjatlarida qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lmasa;
agar dalolatnoma yozuvini qayd ettirish uchun murojaat qilgan shaxs bunga huquqli bo‘lmasa yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa.
Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish rad qilingan shaxsning talabiga ko‘ra FHDY organi o‘n besh kun muddatda ushbu shaxsga yozma yoki elektron shaklda rad etish sababini ma’lum qilishi lozim.
FHDY organlari xodimlari, shuningdek konsul o‘zi, eri yoki xotini o‘zining va uning qarindoshlari (ota-onalari, bolalari, nevaralari, bobolari, buvilari, tug‘ishgan aka-uka, opa-singillari) to‘g‘risida dalolatnoma yozuvlarini qayd etishga yoki ularga tegishli o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritishga haqli emaslar.
Bunday holatlarda dalolatnoma yozuvlarini qayd etish yoki ularga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritish bo‘ysunish tartibida yuqori organning yozma ko‘rsatmasi asosida boshqa xodim tomonidan yoki boshqa FHDY organida amalga oshiriladi. Dalolatnoma yozuvlarining “Belgilar uchun” ustuniga bu to‘g‘rida tegishli yozuv kiritiladi.
Qonun fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoyalashni hamda davlat va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda, fuqarolar hayotidagi muhim voqealar — tug‘ilish, nikoh tuzish, o‘lim va insonning muhim subyektiv huquqlari va majburiyatlarining yuzaga kelishi, o‘zgarishi va to‘xtatishiga sabab bo‘ladigan boshqa holatlarning vakolatli organlarda qayd etilishini belgilaydi.
Fuqarolik holatini qayd etish fuqarolarning huquq va burchlari paydo bo‘lishiga sabab bo‘lib xizmat qiluvchi hujjat (gerbli guvohnoma) berish uchun asos bo‘ladi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning ahamiyati shundaki, unga asosan FHDY organi tomonidan berilgan guvohnoma va unda ko‘rsatilgan faktning to‘g‘riligini tasdiqlovchi shaksiz dalil hisoblanadi. O‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma shaxsning o‘limini va uning huquqiy layoqati tugatilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tuman va shaharlarda FHDY organlari tomonidan amalga oshiriladi, o‘lim esa shaharcha, qishloq va ovullarda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) tomonidan ham qayd etilishi mumkin.Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘limni qayd etish borasidagi harakatlari o‘zlari turadigan hududlardagi tegishli FHDY organlarining nazorati ostida bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yoki vaqtincha yashovchi fuqarolarining fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish konsul tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.Konsul vaqtincha bo‘lmaganda fuqarolik holati dalolatnomalari konsul tomonidan tayinlangan konsullikning mansabdor shaxsi tomonidan qayd etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi hamda “Notariat to‘g‘risida”gi qonunlari, shuningdek xususiy notarial faoliyat bo‘yicha malaka imtihoni tashkil etilishini takomillashtirish hamda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar faoliyatini axborot tizimlari orqali onlayn tarzda litsenziyalashni joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 2022-yil 1-iyuldan boshlab xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish to‘g‘risidagi arizani topshirish, qabul qilish va ko‘rib chiqish, shuningdek litsenziyani berish va qayta rasmiylashtirish jarayoni bilan bog‘liq barcha tartib-taomillar “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilishi belgilansin.
Quyidagilar:
xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihonini topshirish istagida bo‘lgan jismoniy shaxslarga qo‘yiladigan talablar, malaka imtihonida ishtirok etish uchun murojaat qilish, uni ko‘rib chiqish hamda malaka imtihonini tashkil etish tartibini nazarda tutuvchi Xususiy notarial faoliyat bo‘yicha malaka imtihonini tashkil etish yuzasidan davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
xususiy notarial faoliyatni amalga oshirish talablari va shartlari, litsenziya olish uchun ariza berish, uni ko‘rib chiqish va litsenziya berish, litsenziyani qayta rasmiylashtirish hamda litsenziyalarning davlat reyestrini yuritish tartibini nazarda tutuvchi Xususiy notarial faoliyatni litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.