Amaliy matematika



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə3/4
tarix13.12.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#74347
1   2   3   4
madina AT 3

YO‘QOLGAN ASHYOLARNI QABUL QILISH, SAQLASH VA EGALARIGA QAYTARISH YOKI TEGISHLI DAVLAT TASHKILOTLARIGA TOPSHIRISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yo‘qolgan ashyolarni olish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligining:
Ichki ishlar vazirligi tizimidagi “Topilmalar stoli” faoliyatini tugatish hamda 2022-yil 1-martdan boshlab tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari tomonidan yo‘qolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilishini; yo‘qolgan ashyolarni qidirish bo‘yicha murojaatlarning O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham qabul qilinishini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.








RASMIY HUJJATLARGA APOSTIL QO‘YISH TARTIBINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiya (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 5-iyuldagi PQ-1566-son qaroriga muvofiq rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2022-yil 1-martdan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga vakolatli davlat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga elektron tarzda “Apostille” maxsus shtampini (keyingi o‘rinlarda — apostil) qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali ko‘rsatish tartibi joriy etilsin.
Bunda, jismoniy va yuridik shaxslarga vakolatli davlat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga an’anaviy tarzda apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi ham saqlab qolinishi belgilab qo‘yilsin.  Quyidagilarni nazarda tutuvchi Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2022-yil 1-martdan boshlab amalga kiritilsin:
jismoniy va yuridik shaxslarga vakolatli davlat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga elektron tarzda apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali ko‘rsatish tartibi;
jismoniy va yuridik shaxslarga vakolatli davlat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga an’anaviy tarzda apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi;
ariza beruvchilarining murojaatiga ko‘ra, ularga apostil qo‘yish masalalari bo‘yicha apostil qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqish vakolatiga kiradigan xodim hamda Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan maslahatlar (ma’lumotnomalar) berish tartibi;
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari tomonidan ushbu Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshirish.






DAVLAT NOTARIAL IDORALARIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARINI NAVBATMA-NAVBAT QAYD ETISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA”GI BUYRUQQA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin