Amaliy matematika


[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 21-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2646-1]



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə4/4
tarix13.12.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#74347
1   2   3   4
madina AT 3

[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 21-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2646-1]
O‘zbekiston Respublikasining “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 311-mh-son “Davlat notarial idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2646, 2014-yil 30-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 52 (I)-son, 648-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.






PATENT VAKILLIGIGA NOMZODLARNI ATTESTATSIYADAN VA RO‘YXATDAN O‘TKAZISH HAMDA PATENT VAKILLARINI ATTESTATSIYADAN O‘TKAZISH BO‘YICHA DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISHNING MA’MURIY REGLAMENTINI TASDIQLASH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son hamda “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 17-martdagi PF-89-son farmonlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish;
patent vakilligiga nomzodni yoki patent vakilini malaka imtihonidan o‘tkazish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish yoki attestatsiyadan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish tartibi;
patent vakillarini Patent vakillari davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish, patent vakillari to‘g‘risida ma’lumotlarni vakolatli organning rasmiy axborotnomasi va veb-saytida e’lon qilish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-oktabrga qadar:
mazkur qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga muvofiq davlat xizmatlarini ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmati ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarni ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin