Amaliy matematika
Bu tenglikni formula tarzida yozilsa, u quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: yoki , bu erda: I – har yillik sof ka’ital qo’yilmalar; ∆I – sof ka’ital qo’yilmalarning qo’shimcha o’sishi; ∆I/I – sof ka’ital qo’yilmalarning o’sish sur’ati; 1/a – multi’likator, bu erda a –jamg’arishga bo’lgan o’rtacha moyillik; - ka’ital samaradorligi. Shunday qilib, iqtisodiyotdagi ishchi kuchining to’la bandligini hamda ishlab chiqarish quvvatlarining to’liq ishlashini ta’minlovchi sof investistiyalar yoki ka’ital qo’yilmalarning o’sish sur’ati x a ga teng bo’lishi lozim. Agar iqtisodiyotdagi investistiyalarning ‘otenstial o’rtacha samaradorligi 0,3 ga, jamg’arishga bo’lgan o’rtacha moyillik 0,2 ga teng bo’lsa, u holda investistiyalarning o’sish sur’ati 6% (0,3x0,2)x100%)ga teng bo’ladi. R.Xarrodning iqtisodiy o’sish modeli investistiya va jamg’armalar o’rtasidagi makroiqtisodiy muvozanat, ya’ni ga asoslanadi. U statik holdagi makromuvozanat uchun alohida, dinamik holdagi makromuvozanat uchun alohida formuladan foydalanadi. 1-formula quyidagi ko’rinishda bo’ladi: , bu erda: G – milliy daromadning o’sish sur’ati (∆Y/Y); S – ka’ital sig’imi (I/∆Y); S – milliy daromad tarkibidagi jamg’arishning ulushi (S/Y). 2-formula quyidagi ko’rinishda o’z ifodasini to’adi: , bu erda: Gw – haqiqiy jamg’arma va taxmin qilinayotgan investistiyalar o’rtasidagi dinamik muvozanatni ta’minlovchi o’sishning kafolatlangan sur’ati; Cr – ka’ital koeffistientining talab etilayotgan miqdori. Neokeynschilarning fikriga ko’ra bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy kafolatlangan o’sish sur’atiga avtomatik ravishda erishib bo’lmasligi sababli, ular dinamik muvozanatga erishish uchun iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish zarurligi to’g’risidagi xulosaga keldilar. Iqtisodiy o’sishning muhim modellaridan biri bo’lib tarmoqlararo balans hisoblanadi. Tarmoqlararo balansning dastlabki nazariy asoslari sobiq ittifoq davrida ishlab chiqilgan edi. Keyinchalik u asli Rossiyalik bo’lgan hamda AQShga o’tib ketgan iqtisodchi V.Leontev tomonidan «xarajatlar – ishlab chiqarish» modeli sifatida takomillashtirilgan holda ishlab chiqildi. V.Leontev iqtisodiy tahlilning «xarajatlar – ishlab chiqarish» usulida eng avvalo e’tiborni iqtisodiyotdagi miqdoriy aloqalarga qaratadi. Tarmoqlar o’rtasidagi bu aloqalar texnologik koeffistientlar (I kvadrantdagi a11, a12, a13 va h.k. belgilar) orqali o’rnatiladi. Tarmoqlararo balans jadvali to’rtta kvadrantdan iborat. Birinchi kvadrantga mahsulot ishlab chiqarishga moddiy sarflar ko’rsatkichlari joylashtirilgan. Ikkinchi kvadrantga shaxsiy iste’mol, jamg’arish, davlat xaridi va eks’ort sifatida foydalaniluvchi ‘irovard mahsulot ko’rsatkichlari joylashtirilgan. Uchinchi kvadrantdan qo’shilgan qiymat (ish haqi, foyda, soliqlar) va im’ort ko’rsatkichlari o’rin olgan. To’rtinchi kvadrantda sof milliy mahsulotni qayta taqsimlash ko’rsatkichlari joylashgan. Tarmoqlararo aloqalar jadvali ustunlari bo’ylab xarajatlarni, ya’ni har bir tarmoq bo’yicha mahsulot qiymatini tashkil etuvchi unsurlarni, satrlar bo’yicha esa – milliy iqtisodiyot har bir tarmog’i mahsulotini taqsimlash tarkibiy tuzilmasini aks ettiradi. Tarmoqlararo balans modelida bir tarmoqdagi ‘irovard talab yoki ishlab chiqarish sharoitidagi o’zgarishlar boshqa barcha o’zaro bog’liq tarmoqlarning miqdoriy ta’sirini kuzatish orqali o’rganiladi. Bu esa qandaydir tovarga bo’lgan ehtiyojlar yoki uni ishlab chiqarish texnologiyasidagi har qanday o’zgarishlar muvozanatlashgan narxlar tarkibini o’zgartirib, texnologik koeffistientlarning ham o’zgarishiga olib kelishini anglatadi. «Xarajatlar – ishlab chiqarish» tarmoqlararo balansi usuli nafaqat iqtisodiyot turli tarmoqlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’rganishga, balki mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini, uning tarmoqlar tuzilmasining o’zgarishi va iqtisodiy o’sish sur’atlarini bashoratlashga imkon yaratadi. Iqtisodiy o’sish modellari to’g’risida so’z yuritiganda «nol darajadagi iqtisodiy o’sish» konste’stiyasiga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Mazkur konste’stiyaga XX asrning 70-yillarida asos solingan. Bu konste’stiya tarafdorlarining fikricha texnika taraqqiyoti va iqtisodiy o’sish atrof-muhitning ifloslanishi, tabiatga zaharli moddalarning chiqarilishi, shahar qiyofasining yomonlashuvi va boshka shu kabi ko’’lab salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Aholi sonining tezlik bilan ko’’ayib borishi, ishlab chiqarish mikyoslarining kengayishi natijasida ishlab chiqarish, ayniqsa tabiiy resurslarning kamayib borishi ‘irovardida iqtisodiy o’sish chegaralarini cheklab qo’yadi. Buning oqibatida ocharchilik, atrof-muhitning buzilishi, resurslarning tugashi ro’y berib, tez orada aholi soni va sanoat ishlab chiqarish hajmi keskin qisqara boshlaydi. Shunga ko’ra, «nol darajadagi iqtisodiy o’sish» konste’stiyasi tarafdorlari iqtisodiy o’sishni maqsadga muvofiq ravishda ma’lum chegarada ushlab turish zarur, deb hisoblaydilar. Ular iqtisodiy o’sish tovar va xizmatlar hajmining ko’’ayishini ta’minlashini tan olsalarda, bu o’sish bir vaqtning o’zida turmush darajasining yuqori sifatini ta’minlay olmasligini ta’kidlaydilar. O’z navbatida, mazkur konste’stiya muholiflari iqtisodiy o’sishning yuqori darajasini yoqlab, uning o’zi cheksiz ehtiyojlar va cheklangan resurslar o’rtasidagi ziddiyatni yumshatishini, aynan yuqori darajadagi o’sish sharoitida jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlash imkoniyati vujudga kelishini ko’rsatadilar. Atrof-muhitning ifloslanishi esa iqtisodiy o’sish oqibati bo’lmay, u tabiiy resurslardan foydalanishdagi narx shakllanish tizimining noto’griligidan kelib chiqadi. Shunga ko’ra, mazkur muammolarni hal etish uchun tabiiy resurslardan foydalanishda qonuniy cheklovlar yoki maxsus soliqlarni kiritish, ifloslantirish huquqi bozorini shakllantirish lozimligini ta’kidlaydilar. Yüklə 154,25 Kb. Dostları ilə paylaş: |