Iqtisodiy rivojlanish – ko’’ o’lchamli jarayon bo’lib, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotida o’z ifodasini to’adi.
Iqtisodiy o’sish – YaIM, SMM, MD miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko’’ayishida va sifatining yaxshilanishida ifodalanadi.
Iqtisodiy o’sish mezoni – iqtisodiy o’sishni nisbatan to’liq darajada baholash imkonini beradigan ko’rsatkichni xarakterlaydi.
Iqtisodiy o’sishning ko’rsatkichlari – iqtisodiy o’sishni aniqlashda foydalaniladigan qiymat, ijtimoiy naflilik va natural (jismoniy) ko’rsatkichlar tizimidan iborat.
Ekstensiv iqtisodiy o’sish – ishlab chiqarishga qo’shimcha iqtisodiy resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi.
Intensiv iqtisodiy o’sish – ishlab chiqarish omillarining mavjud darajasida, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko’’ayib borishi.
Ustuvor ekstensiv iqtisodiy o’sish – iqtisodiy o’sishda ekstensiv omillarning ustivor o’ringa ega ekanligini bildiradi.
Ustuvor intensiv iqtisodiy o’sish – iqtisodiy o’sishda intensiv omillarning yuqori o’ringa egaligini bildiradi.
Iqtisodiy o’sish omillari – iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatishda o’z o’rniga ega bo’lgan va uni aniqlab beruvchi talab, taklif va taqsimlash omillarini bildiradi.