http://www.agroculture.com- Qishloq xo'jaligi bo'yicha axborot resursi
Laboratoriya mashg‘uloti № 12 Mavzu: Sohaga oid berilgan masalalar bo‘yicha algoritmlar va blok-sxemalar tuzish Maqsad:Talabalarga algoritm va blok sxema tushunchalarini bilib olish. Berilgan masalani algoritmini tuzishni o4rganish. Qishloq xo‘jaligi sohasiga oid masalalarga blok- sxemalarini tuzish ko‘nikmalarini shakllantirish. Mashg‘ulot jixozi:Shahsiy kompyuter, Ms Excel dasturi, adabiyotlar va internet resurslari. Uslubiy ko'rsatmalar Algoritm deganda, ijrochi uchun qo'yilgan masalani yechishga qaratilgan aniq va tushunarli ko'rsatmalarning chekli ketma- ketligi tushuniladi. Misol sifatida “Internetdan qiziqarli kitob topish va o'qish algoritmi”ni ko'rib chiqamiz: 1) internet qidiruv tizimiga kirish; 2) qiziqarli kitobni qidirib topish; 3) topilgan kitobni yuklab olish; 4) kitobni o'qish; 5) o'qilgan kitob bo'yicha xulosa qilish. Algoritmlash asoslarini o'rganishning yana bir qulay grafik shakli blok-sxema usulidir. Blok-sxemalar yo'nalish chiziqlari orqali tutashtirilgan ma’lum buyruq yoki ko'rsatmani aks ettiruvchi maxsus geometrik shakl - bloklardan tashkil topadi. Blok-sxemalarni tuzishda foydalaniladigan asosiy sodda geometrik figuralar quyidagilardan iborat:
Ekin turi kiritilganda ushbu ekin turiga tegishli normalarini chiqarib beruvchi dastur uchun algoritmni blok sxema ko'rinishida tuzing.