O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI “AMALIY MATEMATIKA VA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI QISHLOQ XO‘JALIGIDA
AXBOROT-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha TTST TTRTY KO'RSATMA
Guliston 2021 So‘z boshi Bugungi kun talabi Respublikamizning barcha ta’lim-tarbiya muassasalarida ta’limtarbiya jarayonini olib borishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash masalalari ustida ishlar olib borishdan iborat. Jumladan, Oliy ta’lim muassasalarida talabalarga fanlardan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida har xil o'quv-uslubiy qo’llanmalar va majmualar yaratilmoqda. Ushbu taqdim etilayotgan laboratoriya mashg’ulotlari “5410500 - Qishloq xo'jalik maxsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (maxsulot turlari bo‘yicha) yo‘nalishi bakalavr ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib u “qishloq xo‘jaligida axborot-kommunikatsion texnologiyalar ” fanini o‘rganishga qaratilgan. Unda “Qishloq xo‘jaligida axborot-kommunikatsion texnologiyalar” fani bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalar tizimiga asoslangan holda laboratoriya mashg‘ulotlari ishlanmasi, topshiriqlar, bilimlarni nazorat qilish uchun savollar maj muasi kabilar keltirilgan. Laboratoriya mashg‘ulotlarining mazmunida fanning laboratoriya mashg‘ulotlari mazmuni va ularni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy ishlanmalar, tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro‘yxati kabilar yoritilgan.. Mazkur laboratoriya mashg‘ulotlari ham kamchiliklardan holi emas. Laboratoriya mashg‘ulotlar haqidagi fikr va mulohazalarini bildirgan hamkasblar va aziz o‘quvchilarga mualliflar oldindan o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Manzilimiz: Guliston shahri, GulDU bosh bino, Axborot texnologiyalar fakulteti, “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi Laboratoriya mashg‘uloti № 1 Mavzu: Servis (xizmat ko’rsatuvchi) dasturlar-utilitlar bilan ishlash. Disklarni formatlash, defragmentatsiya qilish.