«amaliy matematika va informatika» kafedrasi «dasturlash asoslari» fanidan kurs ishi



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə2/20
tarix23.03.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#54071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Alijonov Eldorjon kurs ishi dasturlash

KIRISH


Har bir inson har kuni qiladigan ishini xuddi birinchi marta qilayotgandek qilishi kerak. Shundagina ishda rivojlanish boʻladi.”

( Sh. Mirziyoyev )



XX asrning 80 - yillaridan oldin ishlab chiqilgan kompyuterlar uchun katta dasturiy sistemalarni ishlab chiqish juda ham mushkul vazifa edi. Buning eng katta sababi shu davrga xos bo’lgan kompyuterlarning imoniyatlarining chegaralanganidadir. Dasturiy komplekslarni ishlab chiqishda asosiy cheklanishlar kompyuter tezkor xotirasining sig’imi, ma’lumotlarni ikkilamchi xotira qurilmalaridan (magnit lentalar, barabanlar va h.k.) o’qish tezligi, prostessorning ishlash tezligi (ularning takt chastotalari bir necha yuz mikrosekund bo’lgan) bilan bog’liq. Bu davrdagi kompyuterlar xalq ho’jaligining hisob-kitob bilan bog’liq bo’lgan masalalarini yechish uchun mo’ljallangan edi. Kompyuterlarda boshqa xarakterdagi masalalarning yechishning iloji yo’q edi. Dasturchilar uchun shu kompyuterlarda yechilayotgan masala uchun berilgan ma’lumotlarni hisobga olgan holda masalaning yechish algoritmini ishlab chiqish birinchi o’rindagi vazifa hisoblangan. Bu borada N.Virtning mashhur ma’lumotlar + algoritm = dastur formulasini yodga olish yetarli. 80-yillardan keyin ishlab chiqilgan kompyuterlarning imkoniyatlari kengayib, ishlab chiqarish narxi keskin pasaygani tufayli ulardan foydalanish samarasi ortib bordi. Natijada, dastlab matn va grafiklar uchun muharrirlari ishlab chiqildi, keyinchalik multimedia qurilmasi yordamida tovushli ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatlari ham paydo bo’ldi. Kompyuter tasviriy imkoniyatlarining kengayishi foydalanuvchilar uchun qulay bo’lgan grafik muloqot interfeysini yaratilishiga sabab bo’ldi. Natijada yuqori murakkablikdagi katta amaliy dasturlarni yaratish foydali hamda zarur bo’lib qoldi. Dasturiy vositalarni ishlab chiqish uchun qurol sifatida yuqori bosqichli algoritmik tillardan foydalanildi. Bu dasturiy vositalar dasturchi va dasturchilar guruhi imkoniyatlarini kengaytirib, dasturiy mahsulotlarning murakkablik darajasining ortishiga ham sabab bo’ldi. Hozirgi kunda C# dasturlash tili yuqori bosqichli dasturlash tillari ichida eng samarali dasturlash tillaridan hisoblanadi. C# dasturlash tilida dastur tuzish uchun Visual Studio .NET muhitidan foydalanamiz. C# dasturlash tili obektga mo’ljallangan dasturlash tili hisoblanadi. Ushbu qo’llanmada C# dasturlash tili va uning operatorlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bilamizki ma’lumotlarni oqish va yozish turli xil oqimlar orqali amalga oshiriladi. Ma’lumotlarni fayl oqimlari orqali o’qish va yozish juda katta ahamiyatga ega. Sababi agar bir ma’lumotlarni ekran orqali o’qisak va yozsak unda har safar dasturni ishga tushurganda ma’lumotlarni qaytadan kiritishga to’g’ri keladi bu esa ancha qiyinchiliklar tug’diradi. Bundan tashqali natijalarni tahlil qilishda, ularni solishtirishda ham fayl oqimi bilan ishlash juda ko’p qulayliklarni olib keladi. Birinchi bobda konsol rejimda ma’lumotlarni ekran orqali kiritish va chiqarish amallari ko’rib chiqilgan. C# tilining sintaksisi, ma’lumotlar tiplari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Har bir operatorning funksional imkoniyatlari misollar orqali tushuntirib berilgan. C# tilida ifoda, intruksiya va operatorlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tarmoqlash, takrorlash operatorlari va ularni har xil variantlari misollar orqali tushuntirib berilgan. Bundan tashqari har bir operatorning funksional imkoniyatlari misollar orqali tushuntirib berilgan.obyektga mo’ljallangan dasturlash tillarining asosini sinf tashkil qiladi.


Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin