AMALIY MSHG’ULOT - 9
MAVZU: O’lchashlar, uning usullari.
Reja.
1. O’lchashlar to’g’risida asosiy ta’riflar, tushunchalar.
2. O’lchash turlari.
3. O’lchash usullari (bevosita baholash usuli, taqqoslash usuli). Statik va dinamik o’lchashlar.
4. Diskret o’lchash usuli.
Tayanch so’zlar
: o’lchash obyekti, o’lchash usuli, o’lchash vositasi, o’lchov, o’lchash asbobi.
4.1. O’lchashlar to’g’risida asosiy ta’riflar, tushunchalar.
Kattalikning sonli qiymatini odatda o’lchash
amali bilangina topish mumkin, ya’ni bunda
ushbu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu turdagi kattalikdan necha marta katta yoki
kichik ekanligi aniqlanadi.
O’lchash deb
,
shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki, unda
o’lchanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan
miqdori bilan o’zaro solishtiriladi.
Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki: birinchidan, o’lchash
bu har xil kattaliklar
to’g’risida informasiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizik eksperimentdir; uchinchidan - o’lchash
jarayonida o’lchanadigan kattalikning o’lchov birligining ishlatilishidir. Demak, o’lchashdan maqsad,
o’lchanadigan kattalik bilan uning o’lchov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi (tafovutni)
nisbatni topishdir. Ya’ni, o’lchash jarayonida o’lchashdan ko’zda tutiladigan
maqsad
, ya’ni izlanuvchi
kattalik (bu shunday asosiy kattalikki uni aniqlash butun izlanishni,
tekshirishni vazifasi, maqsadi
hisoblanadi) va
o’lchash obyekti
ishtirok etadi. O’lchash obyekti (o’lchanadigan kattalik)
shunday
yordamchi kattalikki, uning yordamida asosiy
izlanuvchi kattalik aniqlanadi, yoki bu shunday
qurilmaki, uning yordamida o’lchanadigan kattalik solishtiriladi.
Shunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan
ajrata bilish kerak; o’lchash, o’lchash jarayoni va
o’lchash usuli.
O’lchash
- bu umuman har xil kattaliklar to’g’risida
informasiya qabul qilish, o’zgartirish
demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini qo’llash, ishlatish uchun qulay
formada aniqlashdir.