Amaliy psi


Bentonning ko‘rish xotirasini o‘rganish testi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə13/19
tarix26.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#148784
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Й Джахангиров Эксперементал психология Мустакил иш

Bentonning ko‘rish xotirasini o‘rganish testi.
Bu testni A.L.Benton (1952) turli shakldagi rasmlarni ko‘rib esda olib qolish xususiyatlarini o‘rganish uchun ishlab chiqqan. Sinaluvchiga ko‘rsatiladigan rasmlar 3 guruhga birlashtirilgan. Barcha guruhlar o‘zaro teng. Ularning har biri 10 ta namuna kartochkalaridan tuzilgan. Kartochkalarda bir nechta oddiy geometrik figuralar aks ettirilgan (7-ilova).
Har bir kartochka 10 soniya ko‘rsatiladi. Kartochkalar ko‘rsatilgandan so‘ng ularda chizilgan figuralarni esga tushirib chizish taklif etiladi. Olingan natijalar miqdoriy va sifatiy tahlil qilinadi. Sinaluvchi to‘g‘ri chizgan figura – 1 ball bilan, noto‘g‘ri chizilgan figura – 0 ball bilan baholanadi. Tadqiqot natijalarining umumiy bahosi faqatgina ko‘rish xotirasining holati haqidagina emas, balki aqliy taraqqiyot darajasi haqida ham bilishga imkon beradi.
Tovushlarni eslab qolish uchun o‘tkaziladigan sinovlar.
Ma'nosiz so‘zlarni esda olib qolish uchun o‘tkaziladigan sinovlar mexanik xotira hajmini o‘rganishga qaratilgan. Tajriba quyidagicha o‘tkaziladi: sinaluvchiga alohida qog‘ozga yozilgan tovushlar aytiladi
(7-jadval), keyin istalgan tartibda esga tushirish so‘raladi.
7-jadval
Tadqiqot natijalarini qarorga qayd qilish sxemasi
Avval 1-seriyadagi qo‘zg‘atuvchi material – 10 ta bir bo‘g‘indan iborat tovushlar o‘qib beriladi va sinaluvchidan ularni takrorlash so‘raladi, keyin bu tovushlar yana o‘qib beriladi. Tadqiqot qarorida barcha tovush birikmalari qayd etiladi. Navbat bilan har bir ko‘rsatishdan so‘ng jadvalda aytilgan so‘z birikmalari va tovushlar qayd etiladi. Ikki seriyani o‘tkazish uchun o‘rtacha 12 daqiqa vaqt kerak bo‘ladi.
Eslab qolish uchun sinov
10 ta so‘zni eslab qolish uchun diqqat barqarorligini aniqlashda sinov o‘tkazish mumkin. Bu metodikadan katta bog‘cha yoshidagi bolalar va kichik maktab o‘quvchilari xotirasini aniqlashda foydalanish mumkin. Tajriba o‘tkazish uchun bir qatorga yozilgan 10 ta so‘z kerak bo‘ladi. So‘zlar shunday tanlangan bo‘lishi kerakki, ular orasida aloqa o‘rnatish qiyin bo‘lsin.
Eslab qolinadigan so‘zlar

№1

№2

Tog‘

O‘rmon

Arra

Non

Atirgul

Deraza

Sovun

Stul

Non

Suv

Oyoq

Aka

Pero

Ot

Ko‘zoynak

Qo‘l

Divan

Asal

Daryo

Bolg‘a

Tajribani boshlashdan oldin sinaluvchiga quyidagi ko‘rsatma beriladi: «Hozir sizning eslab qolish qobiliyatingizni tekshirmoqchiman. Buning uchun men sizga so‘zlarni o‘qib beraman. Keyin siz esda olib qolganlaringizni aytasiz». Bunda oldindan tayyorlab qo‘yilgan tajriba qarorida sinaluvchi aytgan so‘zlar yozib olinadi (8-jadval).

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin