Amaliy topshiriq xarakteriga ko'ra psixodiagnostik metodikalar klassifikatciyasi Pedagogika va psixologiya yo’nalishi 19-guruh talabasi


Standartlashtirilgan va ekspert baholash (klinik) metodlarning asosiy farqlari



Yüklə 21,24 Kb.
səhifə4/9
tarix16.12.2023
ölçüsü21,24 Kb.
#181331
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Amaliy topshiriq xarakteriga ko\'ra psixodiagnostik metodikalar k-fayllar.org

2.Standartlashtirilgan va ekspert baholash (klinik) metodlarning asosiy farqlari

Standartlashtirish (standart- inglizcha so’zdan olingan “me`yorda” degan ma`noni bildiradi) – test baholarini va muolajalarini yagona normativlarga keltirishdir. Metodika standartlashtirilganda turli sinaluvchilarda olingan natijalarni solishtirish imkoniyati vujudga keladi. Psixologik diagnostikada ikki xil standartlashtirish farqlanadi.

Birinchi holda standartlashtirish deganda qo’llanmani, tadqiqot varaqalarini unifikatsiyalash(bir xil qilish) o’tkazish jarayonini, natijalarni qayd qilish usullarini, tadqiqot o’tkazish sharoitlarini, sinaluvchilar sonini aniq belgilash nazarda tutiladi. Tadqiqot o’tkazishda ketma-ketlikka rioya qilish tadqiqot natijalarini baholash uchun test normalarini aniqlash va testning ishonchliligini ta`minlashda asosiy sharoit hisoblanadi.

 Ikkinchi holda standartlashtirish deganda normal (yoki sun`iy normallashtirilgan) baholash shkalalarini sinaluvchilar to’plamida nisbiy taqsimlanish joyiga emas, balki o’rganilayotgan ko’rsatkichning miqdoriy empirik natijalariga asoslanilgan yangi shkalalarga o’zgartirish nazarda tutiladi. Psixometrikada dastlabki baholarni o’zgartirishda o’rta kvadrat tarqoqlik yordamida normallashtirish yoki markazlashtirish keng tarqalgan.

3. Test standartlashtirilgan psixodiagnostik metod sifatida. Test turlari.

Psixologiyada test deb, o‘rganilayotgan xususiyatning rivojlanganlik darajasini, miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini bir-biriga taqqoslash imkonini beruvchi standartlashtirilgan psixodiagnostik metodikaga aytiladi. Metodikaning standartlashtirilishi tushunchasining ma'nosi shundan iboratki, u voqea, hodisalardan boshlab sinaluvchiga beriladigan ko‘rsatmalar, hisoblash usuli, olingan natijalarni sharhlash bilan tugaydigan, butun jarayonning hammasi, hamma vaqt va har joyda bir xil qo‘llanilishiga aytiladi.

Testlar yordamida olingan baholar, agar test to‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lsa, test qachon, qaerda, qanday qilib va kim tomonidan qo‘llanilganidan qat'i nazar ularni bir-biri bilan tenglashtirish, taqqoslash deb Yuritiladi. Har xil psixodiagnostik metodikalarda testlarning validlik, ishonchlilik, aniqlik va bir xillik mezonlariga juda qat'iy talablar qo‘yiladi.


Yüklə 21,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin