Amaliy topshiriq xarakteriga ko'ra psixodiagnostik metodikalar klassifikatciyasi Pedagogika va psixologiya yo’nalishi 19-guruh talabasi


Psixologik tadqiqotda qo’llaniladigan usullarning darajali bo’lishini G. D. Pirov taklif etgan. U metodlarni quyidagi guruhlarga bo’lgan



Yüklə 21,24 Kb.
səhifə3/9
tarix16.12.2023
ölçüsü21,24 Kb.
#181331
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Amaliy topshiriq xarakteriga ko\'ra psixodiagnostik metodikalar k-fayllar.org

Psixologik tadqiqotda qo’llaniladigan usullarning darajali bo’lishini G. D. Pirov taklif etgan. U metodlarni quyidagi guruhlarga bo’lgan:

Psixologik tadqiqotda qo’llaniladigan usullarning darajali bo’lishini G. D. Pirov taklif etgan. U metodlarni quyidagi guruhlarga bo’lgan:

1) xususiy metod (kuzatuv, eksperiment, modellashtirish);

2) metodik qo’llanma;

3) metodik yondashuv.

S. L. Rubinshteyn “Umumiy psixologiya asoslari”da eng asosiy psixologik metodlar sifatida kuzatuv va eksperimentni ajratib ko’rsatdi. Kuzatuv “tashqi” va “ichki”ga bo’lingan, eksperiment – laboratoriya ishi, tabiiy va psixologik-pedagogik, qo’shimcha metod uning asosiy modifikatsiyasida fiziologik eksperiment. Bundan tashqari, faoliyat mahsulini o’rganishda suhbat va anketa usullarini ajratib o’tdi. Tabiiyki, vaqt bu tasnifning qirralarini ta`kidladi. SHunday qilib, psixologiyaning falsafa bilan bog`liqligi uni nazariy metodlaridan mahrum qildi, xuddi shunday yaqinlik pedagogika va fiziologiya bilan bu fanlarning psixologik ro’yxatga qo’shilishi bilan amalga oshirildi.

Kuzatish

Ilmiy emperik metod sifatida 19 asrning oxiridan boshlab ijtimoiy, pedagogik, klinik psixologiyada rivojlanish psixologiyasida keng qo’llanilib kelinyapti. 20-asrning boshidan boshlab esa mehnat psixologiyasida keng qo’llanilmoqda. Kuzatish uchun eng muhim jihat bu tashqi validlikning saqlanib qolishidir.

Bu metodning asosiy afzalligi shundan iboratki, kuzatish tabiiy sharoitda o’tkaziladi, kuzatish kuzatilayotgan shaxslarning odatdagi xulq-atvorlarini o’zgartirmaydi. Kuzatishni bitta odam ustida xam va bir gurux shaxslar ustida xam olib borish mumkin. Bu metod bolalar bog’chasi guruxlaridagi yoki maktab sinfidagi bolalarni o’rganish uchun qulaydir. Kuzatish metodining kamchiligi uning anchagina mehnat talab qilishidir. Tadqiqotchi psixologni xulq-atvorning istalgan qiyofada emas, balki konkret tadqiqot vazifalari bilan bogliq xolda namoyon bo’lishigina qiziqtiradi. SHuning uchun kuzatiluvchi shaxs xususiyatlari va psixik xolatlarining o’ziga kerakli tarzda namoyon bo’lishini kutib turishi kerak. Bundan tashqari, psixik xususiyatlarning yakka ho’lda namoyon bo’lishini kuzatish va qayd qilish etarli emas. Tadqiqotchi u yoki bu xususiyatlarning xarakterligiga, tipikligiga ishonch hosil qilishi kerak. Kuzatishning tizimli va tizimli bo’lmagan turlari ajratiladi. Tizimli bo’lmagan kuzatish maydon tadqiqot jarayonida o’tkazilib, etnopsixologiya, rivojlanish psixologiyasida, ijtimoiy psixologiyada keng foydalaniladi. Tizimli bo’lmagan kuzatuvni o’tkazayotgan tadqiqotchi uchun sababli bog’lanishlarni qayd etish muhim emas, balki ma`lum bir sharoitlarda individ yoki gurux xatti- harakatlarining qandaydir umumlashgan manzarasini yaratish muhim hisoblanadi.


Yüklə 21,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin