Amaliy va badiiy bezak


III. Amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar



Yüklə 113 Kb.
səhifə3/7
tarix26.06.2023
ölçüsü113 Kb.
#135311
1   2   3   4   5   6   7
Amaliy va badiiy bezak

III. Amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1-mavzu. Naqsh (ornament) turlari..
Naqsh va uning turlari, Oddiy naqsh elementlarini chizish, Gul, barg va boshqalarni chizish, Naqqoshlik san’atiga xos yo‘l ichidagi 10 ta naqsh kompozitsiyasini chizish, Naqqoshlik san’atiga xos yo‘l ichidagi 10 ta naqsh kompozitsiyasini bo‘yash va pardozlash.
2- mavzu. Murakkab naqshli kompozitsiyalar tuzish.
Islimiy naqsh kompozitsiyasini tuzish, Girih, gulli girih naqsh kompozitsiyasini tuzish, Madohil naqsh kompozitsiyasini tuzish, Namoyon naqsh kompozitsiyasini chizish, Murakkab naqshli kompozitsiya tuzish, ranglash va pardozlash, Hajmli va sovg‘a buyumlarni naqshlash. Buyum yuzasiga mos naqsh kompozitsiyasi tuzish, ranglash va pardozlash.
3 -mavzu. Interer va ekstererda amaliy bezash.
Tanlangan interer yoki ekstererni amaliy bezash eskizini tuzish, Interer va ekstererni bezakli holda umumiy ko‘rinishi. A1 formatda devorlar yoyilmasi.
Bo‘lajak bakalavrlar “Amaliy va badiiy bezak san’ati” bo’yicha to’liq kursni tugatgandan so’ng quyidagilarga ega bo’lmoqliklari lozim:
- Naqqoshlikning amaliy san’atda tutgan o’rni;
- naqqoshlik mashg’ulotlarini o’tishda naqsh kompozitsiyasi tuzish qoidalari, kompozitsiya asoslari va uning turlari, simmetriya va asimmetriya, rapport, ritm, siluyet, nisbat, kolorit, kontrast, garmoniya, kompozitsiya, rang, mahalliy materiallar to’g’risida bilishi kerak.
- “Amaliy va badiiy bezak san’ati” darslarini rejalashtirish:
Ish qurollari, moslamalar, ularni ishga tayyorlashni bilishi, mahalliy materiallardan foydalanish, talabalarga “Naqqoshlik kompozitsiyasi” mashg’ulotlarini tashkil etishda amaliy san’at asarlarini ma’muriy turar joy binolari va tarixiy obidalarimiz badiiy bezagini tahlil eta olish, yaxshi o’zlashtiruvchi va boshlovchi talabalar bilan individual darslar olib boorish, talabalar ijodiy ishlarini baholay olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;
- amaliy san’at tarixi va nazariyasi, kompozitsiya tuzishning nazariyasiva bosqichlari, kompozitsiya tuzish qonuniyatlari va mahalliy materiallar xususiyatlari va ulardan foydalanish, bo’yoqlar tayyorlash va ular bilan ishlash texnologiyasi, oddiy naqsh elementlarini yoddan bilishi va ular yordamida turli naqsh kompozitsiyalari tuza olish, grix va gulli naqsh kompozitsiyalarini tuza olish, turli xajmli buyumlarni naqshlay olish, xalq ustalarimiz ijodidan nusha ko’chirisha olish, interer va ekstererni bezash uchun naqsh chiz olish, naqsh kompozitsiyalarini chizishga kompyuter grafik dasturlaridan foydalanish ijodiy jarayonni bilishi, malaka hosil qilishi va amalga qo’llay olishi.

Yüklə 113 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin