IV. Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Talaba mustaqil ta’limni bajarish uchun darslik va o‘quv qo‘llanmalar fan boblari va mavzularini o‘rganishi; tarqatma materiallar, amaliy ishlar bajarishni o‘rganish; maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash; talabaning o‘quv-ijodiy ishlarini bajarish bilan bog’liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish; tavsiya etiladi.
Darslik va o‘quv qo‘llanmalarning (ularning to‘la ta’minlanganligi taqdirda) boblari va mavzularini o‘rganish. Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismlarini o‘zlashtirish. O‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Fanning boblari va mavzulari ustida ishlash.
1-mavzu. Amaliy san’at va uning turlari. Naqqoshlik san’ati. O`zbek xalq amaliy san’ati va uning turlari. Naqqoshlik san’ati tarixi. Naqqoshlik san’ati maktablari va namoyondalari. Naqqoshlik san’atining ravnaqi.
2-mavzu. Naqqoshlik san’atida ishlatiladigan asbob-uskunalar va materiallar. Naqqoshlik texnologiyasi, asbob-uskunalar, materiallar qalam, qog‘oz, chizg‘iz, mo‘yqalam, bo‘yoqlar turlari va ulardan foydalanish.
3 -mavzu. Rangshunoslik va bo‘yoqlardan foydalanish texnologiyasi. Rang turlari iliq va sovuq ranglar. Ranglar va ularning o`ziga xos xususiyatlari. Naqqoshlikda ranglarning qo‘llanilishi. Bo`yoqlar tayyorlash texnologiyasi. Axromatik va xromatik ranglar. Rang koloriti. Ranglash texnologiyasi. Pardoz turlari: siyoh qalam, targ‘il, taroq, obi tortish.
4-mavzu. Naqsh va uning turlari haqida ma’lumot. Naqqoshlik qo`llaniladigan naqsh elementlari: gul, barg, bargigul, shobarg, shoxbarg, bofta, shukufta, yakkaband, qo‘shband, marg`ula va boshqalar..
5-mavzu. Naqqoshlik san’atiga xos ustaxonalarda texnika xavfsizligi. Ustaxona texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizlik qoidalari haqida tushuncha berish. Ustaxonada qog‘ozlar, bo‘yoqlar, bo‘yoq suyulturgich, yonuvchan materiallardan foydalanish va ularni saqlash qoidalari.
Dostları ilə paylaş: |