Amaliy va laboratoriya


Onglilik va faollik tamoyili



Yüklə 24,38 Kb.
səhifə3/6
tarix28.11.2023
ölçüsü24,38 Kb.
#167723
1   2   3   4   5   6
amaliy va laboratoriya mashg\'ulotlarini tashkil etish

Onglilik va faollik tamoyili: ta'limda o'quvchilar ilmiy ongli, ijodiy o'zlashtiradigan yo'sinda tashkil etishni ko'zda tutadi. Bunga esa o'quvchilarning dars vaqtidagi faolligi bilan erishish mumkin. Bu tamoyil ishlab chiqarish ta'limi jarayonida kasbiy malakalar ongli ravishda undagi ish harakatlarini farqlay bilishda ko'nikish, amaliy topshiriqlarni bajarishda mazkur tamoyilning u.ilijasi mehnat usullari to'g'ri va belgilangan vaqtda bajarilishida mashlarni boshqarishda pedal va richaglardan unumli va tez foydalanishda, bilim va malakalarni yangi tez va aniq ko'chirishda namoyon bo'ladi.
Malakalami puxta o'zlasbtirish 1tamoуil. Bu tamoyilga o'qituvchi amaliy-laboratoriya mashg'ulotlarining nazorat qilib turadi. Malakalar puxta rejalashtirilishini ta'minlash maqsadida o'rganilgan matreallar muntazam ravishda takrorkab boriladi, yangi matrealni muslahkamlash tartiblari qo'llaniladi, ishlab chiqarish ta'lim jarayonida quyidagicha amalga oshiriladi:
- mutaxassislikni mustahkam egallash maqsadida mehnat
usullarini ko'p marta takrorlash;
-mashinalar haydashni o'rgatish vaqtida o'quvchilarning turli malakalarini mustaqil egallashlariga ahamiyat berish;
- o'quvchilarda texnik adabiyot va ma’lumotnomalardan
foydalanish ko'nikmalarmi hosil qilish;
- malakalarni shakllantirishda oddiy mashqlardan
murakkab mashqlarga o'tish va darslarni ishlab chiqarishga
yaqin sharoitda olib borish.
Наr bir o'quvchiga yakka tartibda munosabatda bo'lish uslubi о 'quvchilarni har tomonlama о'rgatishini, ularga о'z vaqtida yordam berishni, ularning tashabbuskorligi va ijodiy qobiliyati namoyon bo'ladigan shart-sharoit yaratishni talab qiladi.
Наг bir o'quvchining o'ziga xos tomonlarini hisobga olish uchun o'qituvchi va usta dars o'tilgunicha ularning tavsifnomasi bilan tanishishi va har biri bilan suhbat o'tkazishi kerak.
Nazariy va amaliy ta'lim darslarining tashkiliy shakllarini to'g'ri tanlash katta ahamiyatga ega, Bilimda darsni o'tish joyi va tartibi, o'quvchilarning faoliyati hamda darsda ulurni gurahlarga ajratish, dars davomida o'qituvchi bilan o'quvchilar orasidagi aloqanning mohiyati ko'zda tutiladi. Darslarning tashkiliy shakllari kasb-hunar kollejining ta'lim-tarbiyaviy vazifalari bilan belgilanadi va o'qitish usulariga bog'liq bo'ladi
Darslarni yuqori metodik saviyada tashkil etish va o'tkazish uchun o'qitish metodlaridan oqilona va samarali foydalanish zarur.
O'qitish metodlari ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar faoliyatining yo'nalishini, o'qitish jarayonining qanday tashkil etilishi va olib borilishini hamda o'qituvchining xatti-harakatlarini belgilaydi. Bu metodlar o'qituvchi tomonidan o'quvchilar bilim, ko'nikrna va malakalarni o'zlashtirishi uchun qo'llanadigan usullar yig'idisini o'z ichlga oladi.
Ta'lim tizimida o'qitish metodlari bilan birga «usul» va «vosita» atamalari ham ishlatiladi.
Usul — malum o'quv materialini o'tishda qo'llanayotgan asosiy o'qitish metodi bilan birga ikkinchi bir o'qitish metodining ayrim elementlaridan foydalanib ish ko'rishdir.
Vosita - o'qitish metodlarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan yordamchi o'quv materiallari, asbob-uskunalar, qurol, apparati va shu kabilardan foydalanishdir.
Ta'lim metodlari o'qitish jarayonida va pedogogik tafakkurning ko'p asrlik rivojlanishi tarixida muhim o'zgarishlarga duch keladi. Pedagogikada ta'lim metodlarini tasniflash va belgilashga bir xil yondashish mayjud emas. Ayrim mualliflar o'qitish metodlarni belgilashda bilish manbalarining xususiyatlarini asosiy deb hisoblaydilar; chunonchi, og'zaki (suhbat, tushuntirish, bayon qilish, o'quvchilarning texnik adabiyotlar bilan mustaqil ishlashi va boshqalar); ko'rgazmali (ko'rgazmali qurol, kinofilm va diafilmlarni namoyish etish; mehnat usullarini ko'rsatish, o'quvchilarni mustaqil kuzatishlari va boshqalar); amaliy (mashqlar operatsiyalar, ish usullari, amaliy laboratoriya mashg'ulotlari) va boshqalar.
Keyingi paytlarda pedagogika nazariyasi va amaliyotida o'quvchilar bilish faoliyatining holati bo'yicha tasniflanadigan metodlar qo'llanmoqda.
Ta'lim jarayonida qo'llanadigan metodlar o'quvchilaming faolligini oshirish, o'rganilayotgan o'quv materilini o'quvchilar chuqur o'zlashtirishini ta'minlashi lozim. Bu talablarga I.Ya.Lerner va M.N.Skatkin tomonidan taklif etilgan metodlar tizimi to'liq javob beradi. Ularning asosini o'quvchilarning bilish faoliyati tashkil etadi. Ya'ni:

Yüklə 24,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin