Amaliy va laboratoriya



Yüklə 24,38 Kb.
səhifə2/6
tarix28.11.2023
ölçüsü24,38 Kb.
#167723
1   2   3   4   5   6
amaliy va laboratoriya mashg\'ulotlarini tashkil etish

Didaktik tamoyillar: ta'limni ilmiy asosda tashkil etish; uning tarbiyaviy holati, muntazamligi va izchilligi; ko'rgazmaliligi, mazmunining o'quvchilarga mos bo'lishi; o'qitishning faolligi va ongliligi; bilim, ko'nikma va malakalarni puxta o'zlashitirish hamda har bir o'quvchiga yakka tartibda yondashishdan iboratdir.
O'qituvchi o'quvchilarga mashma va qurollaming tuzilishi, ishlash tamoyil va mehnatni tashkil etishni chuqur o'rgatishi, ularni qishloq xo'jaligini yanada rivojlantirish rejalari, Fan va texnikaning yutuqlari, olimlar, muhandis hamda ishchilarning xizmatlari haqidagi ma'lumotlar bilan ham tanishtirish lozim, Shuning uchun o'qituvchilar quyidagi tamoyillarga rioya qilishlari zarur.

  • Ta'limni ilmiy asosda tashkil etish tamoyili o'quvchilarning ta'limiy ishlarini faollashtiruvchi, aqliy qobiliyatlarini o'stiruvchi, ularni mustaqil bilim olishga o'rqatuvchi usullarni tanlash va texnik atamalardan foydalanishga odatlantirishdir.

  • Ta'limnmg tarbiyaviy xarakteri o'quvchilarga kasbiy bilim berish, ularning aqliy o'sishi hamda dunyoqarashining shakllanishi uchun sharoit yaratadi.

  • Ta'limni amalga oshirishda o'qituvchi o'quvchilarda o'z kasblariga muhabbat, ongli intizom, o'z mehnatini rejalashtira bilish, jamoa bilan ishlay olish ko'nikrnalarini tarbiyalashi lozim, Наr bir darsni o'quvchilar bilmi va malakalarni egallashlari bilan birga ularda dunyoqarashi ham shakllanadigan yo'sinda tashkil
    qilish lozim.

Ko'rgazmalilik tamoyili o'rganilayotgan hodisa va narsalarni jonli idrok etish asosida o'zlashtirishni ko'zda tutadi.
Ta'limning ko'rgazmalilik tamoyili o'quv materialini aniq obrazlar orqali bevosita idrok qilishni taminlaydi.
Ta'lim jarayoinida ko'rgazmali vositalardan to'g'ri foydalanish; o'quvchilar texnikaga oid bilimlarni puxta o'zlashtirib olishiga, ularning malakalarini oshishiga yordam beradi.
Agar ko'rgazmali qurol biror o'quv materialini ifodalash sifatida ko'rsatish vositasi bо'1sа, nutq asosiy ko'rgazmali qurol esa yordamchi vosita bo'ladi, Agar ko'rgazmali vosita kuzatishni rivojlantirish uchun qo'llansa, nutq qisqa bo'lishi, «isosiy vositaga, ya'ni kuzatishning maqsad va vazifalarini oshirishga qaratilishi kerak.
Bilimlarni egallash jarayonida narsa va hodisalami kuzatish, sezish va idrok etishning muhimligini ifodalagan YaAKomenskiy shunday yozgan edi: «O'quvchilar sezib idrok qilishi mumkin bo'lgan narsalarni, albatta, sezgilar vositasi bilish va ko'rish mumkin bo'lgan narsalarni ko'z bilan ko’rish eshitish mumkin bo'lgan narsalarni guloq bilan eshitib, hidi bor narsalarni hidlab ko'rib, ushlab sezish mumkin bo'lgan narsalarni ushlab bilib olishlari kerak, Birdamga ko'p sezgilar yordamida idrok etish mumkin bo'lgan narsalarni, iloji boricha, bir necha sezgilar ishtirokida idrok etish lozim. Bilim berish uchun umuman, hamma narsaga bevosita kuzatish va sezgilar asosida o'qitish kerak».
Mana shu talablarni bajarish uchun nazariy darslarda plakat, videofilm, yonilg'i va moylash materiallari, moylash va yonilg'i bilan taminlash uskunalari va boshqalar bo'lishi kerak. Ta'limning o'quvchilarga mos bo'lishi tamoyili ularning aqliy jismoniy va yosh xususiyatlarini hisobga olishni talab qilish

Yüklə 24,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin