Amaliyot hisobotining tarkibi ushbu dasturning 2-bandiga mos kelishi lozim. Hisobot qora yoki binafsha rangli siyoh bilan o’zbek tilida aniq va ravshan qilib 210x297 mm o’lchamli oq qogozning bir tomoniga bir tekisda, texnik va adabiy jihatdan to’g’ri yozilishi kerak.
Hisobotga chizmalar, jadvallar, eskizlar, rasmlar va diagrammalar kabi qo’shimcha materiallar ilova qilinadi. Tasviriy materiallar qora qalam yeki qora pasta bilan alohida standart varaqlarda bajariladi va hisobotning tegishli joylariga yoki hisobotga ilova tariqasida qo’yiladi.
Hisobotning hamma sahifalari hamda ilovalar ketma-ketlikda, qaytarishlarsiz va boshqa qo’shimcha belgilarsiz raqamlanadi. Hisobotning sarvarag’i (titul varag’i) birinchi sahifa bo’lib hisoblanadi (1-chi ilova), unga "I" soni quyilmaydi. Sahifalarning tartib raqami ulardagi burchak shtampining o’ng burchagiga yoziladi.
Talaba xisobotni zarvarakka kulyozmada yozishda 2-ilovada ko’rsatilgan talablarga rioya kilishi lozim.
Hisobot asosan amaliet davrida yozilishi lozim, uni qo’shimcha materiallar bilan to’ldirish, kamchiliklarini qaytadan ishlash va to’la rasmiylashtirish uchun amaliyot oxirida talabaga 2-3 kun vaqt ajratilishi mumkin.
Hisobotning hajmi chegaralanmaydi. Hisobot sarvarag’ida amaliyot rahbarlarining imzolari va ularni ta’lim muassasalari, korxona yoki tashkilot muxri bilan tasdiqlangan bo’lishi shart. Kundaliksiz va belgilangan tartibda, YESKD va GOST talabalariga binoan rasmiylashtirilmagan hisobot himoyaga qo’yilmaydi.
1-ilova. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Termiz davlat universitetining pedagogika instituti
Maktabgachva texnologik ta’lim fakulteti
Texnologik ta’lim kafedrasi 60112300-Texnologik ta’lim yo’nalishi 1- kurs talabasi ____________________________________ning