Amaliyot mashg`ulotlari uchun (2 soat)
Menejment amaliyotidagi zamonaviy yondoshuvlar va konsepsiyalar
1.2. Menejmentning ilmiy maktablari
Boshqaruv fikri g‘oyatda nomuntazam holda rivojlangan. Bir necha yondashuvlar
mavjud bo‘lib, ular ba’zida bir birlariga mos kelganlar, ba’zida esa bir birlaridan ancha
farqlanganlar. Odamlar va texnika boshqaruv ob’ektlari bo‘lganlar,
shuning uchun
boshqaruvdagi muvaffaqiyatlar ko‘proq boshqa sohalardagi muvaffaqiyatlarga bog‘liq
bo‘lganlar. Jamiyat, texnika rivojlangani sari boshqaruv bo‘yicha mutaxassislar tashkilot
faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar haqida bila boshlaganlar.
Bundan tashqari, dunyo ilmiy-texnika taraqqiyot bilan asoslangan tez o‘zgarishlarning
maydoniga aylangan va ko‘p mamlakatlarning hukumatlari biznesga nisbatan o‘z
munosabatlarini borgan sari qat’iyroq belgilay boshlaganlar. Bu omillar boshqaruv sohasidagi
tadqiqotchilar tashkilot faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi kuchlar
mavjudligini his qila
boshlashlariga ta’sir ko‘rsatganlar. Buning munosabati bilan yangi yondashuvlar ishlab
chiqilgan. Boshqaruv fanini rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan to‘rtta asosiy yondashuvlarni
ajratish mumkin.
Hammadan avval,
boshqaruvda har bir maktablarni ajratish nuqtai nazardan
yondashuv.
U, o‘z navbatida boshqaruvni har bir nuqtai nazardan ko‘rib
chiquvchi quyidagi
beshta maktabni oladi: ilmiy boshqaruv, ma’muriy boshqaruv, insoniy munosabatlar, hulq
haqidagi fan, hamda boshqaruv fani, yoki miqdoriy usul.
Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920).
Butun dunyoda “Maktabni ilmiy tashkil qilish”
nomi bilan keng mashhur bo‘lgan bu maktabni vujudga kelishi
va rivojlanishi XX asrning
boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu maktabning boshida amerikalik muxandis-tadqiqotchi F.Teylor
(1850-1915) turgan, u o‘zining kundalik ishida unumdorlik va samaradorlikni oshirish
maqsadida ishlab chiqarish va mehnatni faollashtirish muammolarini hal qilgan. Uning ta’limi
menejment zamonaviy konsepsiyasining asosiy nazariy maktabi bo‘lgan. Bu maktabning ko‘zga
ko‘ringan vakillari: L.Gilbert, F.Gilbert, G. Emerson, A.Gastev (Rossiya)lardir.
F.Teylor o‘z nomini butun dunyoga mashhur qilgan quyidagi kitoblarni yozgan.
“Kelishuv tizimi” (1895), “Sex menejmenti” (1903), va “Ilmiy menejment tamoyillari” (1911).
F.Teylor o‘z asarlarida kapital va mehnat manfaatlarini birga qo‘shish, “kapitalistik korxonalarda
hamkorlik falsafasi”ni amalga oshirishga harakat qilgan. U tomonidan ishlab chiqilgan mehnatni
jadallashuvini ta’minlovchi usul turli mamlakatlar boshqaruvchilarida katta sho‘‘baiqish
uyg‘otgan.
F.Teylor ilmiy boshqaruvni muxandislar turi bo‘yicha sanoat mehnati sohasiga
aylantirishga jonbozlik qilgan. Uning tizimi mehnatni ijrochilar mehnati va farmoyish
beruvchilar mehnatiga taqsimlash tamoyilini izchil o‘tkazishdan iborat bo‘lgan. Ishlab chiqarish
tizimida yo‘lga qo‘yilgan mexanizm kabi ishlovchi har xil xodim o‘zining
vazifalari uchun
javobgar bo‘lishi kerak. Bunda xodimlar turlarini ishlar turlariga mos kelishiga erishishga
harakat qilish kerak.
F.Teylor ilmiy menejmentga tashkilotni ishlab chiqarish va iqtisodiy maqsadlariga
erishish uchun barcha xodimlar manfaatlarini ularning farovonligini o‘sishi va xo‘jayinlar va
ma’muriyat bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishi tufayli yaqinlashuvining haqiqiy
vositasi sifatida qaragan. U, agar ilmiy menejment tizimi to‘liq
hajmda qabul qilinsa, bu narsa
tomonlar o‘rtasidagi barcha bahslar va ziddiyatlarni hal qiladi deb o‘ylagan.
SHunday qilib, ushbu maktablar uchun quyidagi alomatlar xosdir:
-
ma’muriyat hal qilishi kerak bo‘lgan vazifalarni belgilash;
-
sub’etivizm va avtoritar usullarni ilmiy qoidalarga almashtirish;
-
boshqaruvni sanoat mehnati sohasiga aylantirish;
-
mehnatni taqsimlash
va ixtisoslashtirish, xodimlarni tor vazifalarni bajarishga
yo‘naltirish;
-
faoliyatni qat’ian tartibga solish;
-
vazifalarni bajarish uchun eng yaxshi, eng to‘g‘ri
bajaradigan xodimlarni
maqsadga qaratilgan xolda tanlab olish, ularni o‘qitish;
-
xo‘jalik vazifalarini hal qilishning eng yaxshi usullarini belgilash uchun ilmiy
tahlildan foydalanish;
-
ishlarni rejalashtirish;
-
xodimlarni rag‘batlantirish.