Boshqaruvning klassik yoki ma’muriy maktabi (1920-1950). Uni rivojlantirishiga fransuz olimi A.Fayol va nemets sotsiologi M.Veber eng katta ulush
qo‘shganlar. Bu maktabning vakillari tashkilot-larning umumiy ta’riflari va qonuniyatlarini
aniqlashga harakat qilganlar. Ularning maqsadi boshqaruvning ikkita jihatiga daxldor bo‘lgan
universal tamoyillarni yaratishdan iborat bo‘lgan. Birinchisi-tashkilotni boshqarishning ratsional
tizimini ishlab chiqish. Bu nazariyachilar biznesning asosiy xizmatlarini belgilab olib, tashkilotni
bo‘linmalarga bo‘lishning eng yaxshi usulini belgilash mumkinligiga ishonganlar. Ular moliya,
ishlab chiqarish va marketingni xuddi shunday xizmatlar deb hisoblanganlar. Ikkinchi jihat –
tashkilot va xodimlar boshqaruvining tuzilishini qurish. YAkkaboshchilik tamoyili bunga misol
bo‘lib xizmat qilgan, unga ko‘ra odam faqat bitta boshliqdan bo‘yruqlar olishi va fakat bitta
unga bo‘ysunishi kerak.
Boshqaruvdagi insoniy munosabatlar maktabi (1930-1950). M.Follett (Angliya),
E.Meyo va A.Maslou (AQSH) uning eng yirik obro‘li vakillaridir. Bu maktab vakillari, agar
rahbarlik o‘z xodimlari haqidagi g‘amxo‘rlikni oshirsa, unda xodimlarning qanoatlanganligi
darajasi oshadi, bu esa muqarrar unumdorlikni ko‘payishiga olib keladi deb ishonganlar. Ular
bevosita boshliqlarning samarali harakatlari, xodimlar bilan maslahatlashishlar va ularga ishda
muloqot qilishga kengroq imkoniyatlarni berishni o‘z ichiga oluvchi insoniy munosabatlarni
boshqarish usullaridan foydalanishga tavsiya berganlar.
Ahloqiy fanlar yoki bixevioristik maktab (1950 yildan hozirgi vaqtgacha). Eng
ko‘zga ko‘ringan vakillari – F.Gersberg, R.Laykert, D. Mak Gregor. Ushbu maktab insoniy
munosabatlar maktabidan ancha uzoqlashib ketgan. Ushbu yondashuvga ko‘ra xodimga
tashkilotlarni boshqarishga nisbatan ahloqiy fanlar konsepsiyalarini qo‘llash asosida o‘zining
shaxsiy imkoniyatlarini his qilishga ko‘proq darajada yordam ko‘rsatish kerak. Bu maktabning
asosiy maqsadi tashkilot faoliyati samaradorligini uning insoniy resurslari samaradorligini
oshirish yo‘li bilan oshirishdan iborat. Uning asosiy qoidasi: ahloq haqidagi fanni to‘g‘ri
qo‘llash hamma vaqt, ham alohida xodimning, ham umuman tashkilotning samaradorligini
oshishiga yordam berishi kerak.