63.O’qish faoliyati motivlari nimalardan iborat? *a) keng ijtimoiy motivlar bilan shaxsiy bilish motivlari, muvaffaqiyatga erishish va qadr-qiymatini himoya qilish bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy motivlarning murakkab tuzilishidir;
keng ijtimoiy motivlar bilan qo’shilib ketgan shaxsiy motivlarning asosiy o’rnini egallashidan;
c) turli xildagi motivatsiyalarning murakkab birligi ichida kelgusi kasbga tayyorgarlik bilan bog’liq motivlarning asosiy o’rinni egallashidan;
d) tengqurlarning eng kichik referent guruhi va kattalarni tushunishi bilan bog’liq turli motivatsiyalar murakkabligi birligidan iboratdir.
64. O’smirlar taraqqiyotidagi ijtimoiy vaziyatlarning asosiy o’zgarishlari nimalardan iborat? *a)O’smir va tengqurlari jamoasida o’z o’rnini egallashga intiladi;
b) tengqurlar jamoasi o’smir uchun yangi rolni bajaradi;
c) o’smir maktab jamoasida o’z o’rnini egallashga intiladi;
d) o’smir ko’pincha qarshilik ko’rsatishga moyil bo’ladi.
65.O’smirlarda o’z-o’zini anglashning rivojlanish xususiyatlari nimalardan iborat? *a) o’smirlarda o’zining ichki xislatlariga qiziqish paydo bo’lib, o’smirlik davrining oxiriga kelganda tevarak-atrofdagilar bergan bahoga qaraganda o’z-o’ziga baho berish borgan sari katta ahamiyat qozonadi;
b) o’smirlarga emansipatsiya reaktsiyasi yuzaga kelib, tevarak-atrofdagilarning fikrlarini yuqori darajada his etish bilan qo’shilib ketadi;
c) o’smirlar shaxsida egotsentrik ichki yo’nalishlar borgan sari kuchayib, o’z-o’zini ko’proq parvarish qila boradi;
d) o’smirlarda o’zining ichki olamiga bo’lgan qiziqishlar pasayib, o’smirlar davri oxiriga borib uning o’rnini tengqurlarning referent guruhiga bo’lgan qiziqishlar egallaydi.
66. Organizimni xayotini taminlovchi zarur sharoitlarni aks ettirishdan iborat faoliyat motivini toping: *a) ehtiyoj
b) ehtiros
c) iste’dod
d) qiziqish